SAMARQAND VILOYATIDA SURUNKALI BUYRAK KASALLIKLARI BILAN OG‘RIYDIGAN BEMORLARDA YURAK-QON TOMIR TIZIMI HOLATINI TAHLIL QILISH
Abstrakt
Surunkali buyrak kasalligi (SBK) zamonaviy tibbiyotda jiddiy muammolardan biri hisoblanadi. So‘nggi o‘n yil ichida o‘tkazilgan ko‘plab tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, hatto Koptakchalar filtratsiyasi tezligi (KFT) biroz pasayishi ham yurak-qon tomir kasalliklari (YQTK) xavfini oshiradi va SBK rivojlanishi bilan bu xavf kuchayib boradi hamda kasallikning terminal bosqichida eng yuqori darajaga yetadi. SBK bilan og‘rigan bemorlarda YQTK rivojlanish xavfi KFT pasayishi bilan ortadi, shuningdek, ushbu patologiya bilan bog‘liq o‘lim holati umumiy populyatsiyaga nisbatan ancha yuqori hisoblanadi. SBKning uzoq davom etishi ko‘pincha yurak-qon tomir tizimida ikkilamchi o‘zgarishlarga olib keladi. Tadqiqot maqsadi. SBKning turli bosqichlarida bemorlarda yurak-qon tomir tizimidagi tuzilish va funksional o‘zgarishlarni o‘rganish. Materiallar va tadqiqot usullari. Belgilangan vazifalarni hal qilish uchun 2022–2023 yillarda Samarqand shahar shifoxonasida davolangan 100 nafar bemorda obyektiv, subyektiv va laboratoriya-instrumental tadqiqotlar, shuningdek, doppler-ekokardiografiya (ExoKG) o‘tkazildi. Tadqiqot natijalari. Laboratoriya tahlillari qon tarkibida gemoglobin va gematokrit darajasining pasayganini ko‘rsatdi. Yurak tuzilmasidagi o‘zgarishlarni va ularning darajasini baholash maqsadida 100 bemorga exokardiografik (EkoKG) tekshiruv o‘tkazildi. Tadqiqot doirasida yurak devorlari qalinligi, chap qorincha miokardi massasi va yurak qopqoqchalari holati o‘rganildi. Xulosa. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, kamqonlik (anemiya) SBK bilan og‘rigan bemorlarda yuqori darajada uchrab, YQTK rivojlanishi va kechishida muhim rol o‘ynaydi. Chap qorinchaning qayta shakllanishi (remodellanishi) chastotasi, xususiyati va ifodalanganlik darajasi KFT ko‘rsatkichining pasayishi bilan bevosita bog‘liq ekanligi aniqlandi.
Nashr sanasi
Mualliflar haqida
Adabiyotlar ro'yxati
Shodikulova G. Z., Mukhitdinova G. Z., Atoev T. T. ASSESSMENT OF THE STATE OF CENTRAL HEMODYNAMICS IN PATIENTS WITH CHRONIC KIDNEY DISEASES IN THE SAMARKAND REGION // Achievements of science and education. - 2021. - No. 8 (80). - P. 59-63.
Najmiddinov A., Ibragimova N., Muxitdinova G. SILIKOZ PATHOGENESIS OF KREMNIY DIOXIDI VA YALLIGʻLANISH MEDIATORLARINING OʻRNI // Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences. - 2023. - Vol. 3. - No. 12. - P. 63-77.
Zikriyayevna S. G., Zoxirovna M. G., To’raqulovna Q. S. PREVENTION OF CHRONIC KIDNEY DISEASE AND CHRONIC HEART FAILURE //Spectrum Journal of Innovation, Reforms and Development. – 2022. – T. 4. – P. 408-414.
Zikiryayevna S. G. et al. Kidney Damage in Patients with Chronic Cardiac Insufficiency and Obesity //Texas Journal of Medical Science. – 2022. – T. 13. – P. 72-78.
Bozorova Chekhroza Sodik kizi, M. G. Z. . , K.T.A.U. ,. (2024). Clinical and Immunological Features of the Diffuse Form of Systemic Scleroderma. American Journal of Pediatric Medicine and Health Sciences (2993-2149), 2(3), 433–436. Retrieved from https://grnjournal.us/index.php/AJPMHS/article/view/4018
Babamuradova Z. B., Shavazi N. N. Assessment of the efficacy and safety of biological agents in rheumatoid arthritis // Journal of Advanced Medical and Dental Sciences Research. – 2021. – T. 9. – No. 6. – pp. 26-31
Babamuradova Z., Isokova S., Shopulotova Z. THE IMPORTANCE OF STUDYING THE STRUCTURE OF BLOOD SERUM IN GYNECOLOGY //Science and innovation. – 2023. – T. 2. – No. D12. – pp. 718-721
Nasirova A. et al. Immunodiagnosis of chronic obstructive pulmonary disease and associated bronchial asthma // Annals of the Romanian Society for Cell Biology. – 2021. – pp. 13090-13097.
Kizi S. I. K., Babamuradova Z. B. IMMEDIATE OUTCOMES OF UNSTABLE ANGINA IN METABOLIC SYNDROME //International Journal of Medical Sciences And Clinical Research. – 2023. – V. 3. – №. 02. – P. 44-49.
Mukhitdinova G. Z. Assessment of the state of the cardiovascular system in patients with chronic kidney disease at different stages of development Uzbekistan National Research University Press, 2024, No. 3
Muxitdinova, G. ., & Kenjaeva , D. . (2024). TIZIMLI SKLERODERMIYA. Central Asian Journal of Interdisciplinary Research and Management Studies, 1(13), 46–51. retrieved from https://in-academy.uz/index.php/cajmrms/article/view/37351
Zohirovna, M. G. and Keesey, S. M. K. (2024). Early systemic sclerosis – a modern diagnostic algorithm. American Journal of Bioscience and Clinical Integrity,1 (10), 1–6. Retrieved from https://biojournals.us/index.php/AJBCI/article/view/161
How to Cite

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial-NoDerivatives 4.0 International License.