SUT BEZI SARATONINING XIRURGIYA AMALIYOTIDAN SO‘NGGI LOKAL-REGIONAL QAYTALANISHIDA KLINIK-MOLEKULYAR XUSUSIYATLAR VA TERAPEFTIK STRATEGIYALAR

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Mavzuning dolzarbligi. Sut bezi saratoni ayollar orasida eng ko‘p uchraydigan va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan onkologik kasalliklardan biridir. Mastektomiya tez-tez qo‘llanilayotganligi sababli lokal-regional qaytalanish xavfi yuqoriligicha qolmoqda, bu esa samarali diagnostika, kuzatuv va davolash algoritmlarini ishlab chiqishni talab qiladi. Tadqiqot maqsadi. Raq bezi saratoni qaytalanishining klinik, morfologik va molekulyar xavf omillarini aniqlash hamda davolash va kuzatuv uchun stratifikatsiya tizimi va shaxsiylashtirilgan yondashuvni taklif qilish. Tadqiqot materiallari va usullari. Tadqiqotga mastektomiya o‘tkazgan va tasdiqlangan sut bezi saratoni bilan og‘rigan 206 nafar bemor kiritildi. Vizualizatsiya, immunogistokimyoviy (IGX) tipizatsiya, va onkomarkerlar nazorati ishlatilgan. Molekulyar subtiplar, Ki-67 indeksi va terapiyaning to‘liqligi baholandi. Statistika tahlili StatTech dasturida amalga oshirildi. Tadqiqot natijalari. Qaytalanish xavfi HER2-musbat va uch marta salbiy o‘smalarga, IIB–IIIA bosqichga va yuqori Ki-67 darajalariga ega bemorlarda yuqori bo‘ldi. Adjuvant terapiyaning yetarli darajada o‘tkazilmasligi rецидив xavfini sezilarli darajada oshirdi. Dispanser kuzatuv algoritmi va xavf stratifikatsiyasi ishlab chiqildi. Xulosa. Sut bezi saratoni qaytalanishlari o‘simta biologiyasi va davolash yetarli bo‘lmagan holatlar bilan bog‘liq. IGX-profil asosidagi shaxsiylashtirilgan davolash tiriklikni oshiradi va onkologik yukni kamaytiradi.

Mualliflar haqida

Adabiyotlar ro'yxati

Djurayev M. et al. To the question of the risk of postmatectomy lymphedema in patients with breast cancer and its connection with concomitant vascular pathology //Science and innovation. – 2023. – Т. 2. – №. D10. – С. 184-193.

Djurayev M. et al. Whether exist links betweentoxic liver injury and risk of postmastectomic lymphedema in breast cancer patients? //Science and innovation. – 2023. – Т. 2. – №. D10. – С. 248-258.

Ulmasov F. G., Esankulova B. S., Davronov B. A. The role of vascular endothelial growth factor (vegf) in the progression of advanced ovarian cancer. – 2025.

Авксентьева МВ, Пашинян СА. Современные подходы к лечению рака молочной железы. Онкология. 2022;24(3):45–51.

Воробьёва ИВ, Макаров СА. Иммуногистохимические маркеры и прогноз у больных раком молочной железы. Вестник РОНЦ им. Н.Н. Блохина. 2021;(2):13–17.

Всемирная организация здравоохранения (ВОЗ). Всемирный отчёт о борьбе с раком: выявление пробелов и создание устойчивых систем. Женева: WHO; 2021.

How to Cite

1.
Jo‘rayev M, Zaripova P. SUT BEZI SARATONINING XIRURGIYA AMALIYOTIDAN SO‘NGGI LOKAL-REGIONAL QAYTALANISHIDA KLINIK-MOLEKULYAR XUSUSIYATLAR VA TERAPEFTIK STRATEGIYALAR. MSU [Internet]. 2025 Jun. 28 [cited 2025 Jun. 29];(3):14-8. Available from: https://fdoctors.uz/index.php/journal/article/view/149
Ko'rishlar soni: 0