TUGʻMA BRONX ANOMALIYALARINING EKOLOGIK VA GENETIK OMILLARI. YANGI TUGʻILGAN ChAQALOQLARDA QILINGAN TAHLIL VA TADQIQOTLAR

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Yangi tugʻilgan chaqaloqlarda nafas yoʻllaridagi anomaliyalar esa ularning asosiy fiziologik faoliyatiga - nafas olishga ta'sir koʻrsatib, erta yoshda respirator kasalliklar olib kelmoqda. Tadqiqot maqsadi. Tugʻma bronx anomaliyalari kelib chiqishida ekologik va genetik omillarning ahamiyati.Chaqaloqlarda tahlil va tadqiqotlar oʻtkazish. Tadqiqot materiali va usullari. Biz ushbu tadqiqotimiz uchun tugʻma bronx anomaliyalari boʻlgan  40 ta bemor va 20 ta nazorat guruhidagi chaqaloqlarning traxeya, bronx va oʻpkasidan olingan biopsiya materiallaridan foydalandik.  Ekologik omillar sifatida chaqaloqlar tugʻilgan mintaqaga va ekologik sharoitlar mos atmosferadagi zararli moddalar, toksik moddalar olindi. Tadqiqot natijalari va uning muxokamasi. Mikroskopik tahlil orqali toʻqima xujayra oʻrganilganda,  bronxlarda va traxeyada anomal epiteliy tuzilishlari (yashil hujayralar) aniqlandi. Limfositlar va neytrofillar bilan vujudga kelgan infiltratlar, shuningdek, epitelial yogʻlanish anomaliyalari aniqlandi. Tadqiqot oʻtkazilgan hududdagi atmosferadagi toksik moddalar va aerozollar konsentrasiyasi tugʻma bronx anomaliyalarining yuzaga kelishini katta darajada oshirgani aniqlandi. Misol uchun, havoda yuqori darajadagi azot oksidlari va ozon, bundan tashqari, aerozollar va zaharli kimyoviy moddalarning yuqori darajada boʻlishi ekologik stress faktorasi sifatida anomaliyalarga olib kelishi oʻrganildi. Ekologik tahlillar atmosferadagi zararli moddalarning baland konsentrasiyasi bilan ishlangan hududlarda bronxiolar va traxeyadagi anomaliyalar sonining ortishiga olib kelganligini koʻrsatdi. Xulosa. Ushbu tadqiqot yangi tugʻilgan chaqaloqlarda tugʻma bronx anomaliyalari va ularning ekologik va genetik omillari boʻyicha olib borilgan ilmiy tahlillarning natijalariga asoslanib, quyidagi xulosalarga kelindiy:  Yangi tugʻilgan chaqaloqlarda tugʻma bronx anomaliyalarining rivojlanishida ekologik omillar, ayniqsa, zararli moddalar, aerozollar va toksik moddalarning ta'siri muhim ahamiyatga ega.

Mualliflar haqida

Adabiyotlar ro'yxati

Smith, M.M., & Jones, R.D. (2020). Congenital Bronchial Anomalies: Clinical and Genetic Perspectives. Respiratory Journal, 15(3), 213-222.

Brown, L.A., & Greenfield, R.T. (2019). Environmental Toxins and Their Impact on Neonatal Respiratory Development. Pediatrics and Environmental Health, 12(2), 98-105.

Mahkamov, N.J., & Shevketova, L.Sh. (2025). Congenital Bronchial Anomalies in Newborns: Role of Environmental and Genetic Factors. Andijan Medical Journal, 3(1), 45-56.

World Health Organization. (2021). Air Pollution and Child Health: Prescribing Clean Air. Geneva: WHO Press.

Taylor, H.W., & Smithson, K.L. (2018). Advances in Diagnosis and Treatment of Congenital Airway Anomalies. International Journal of Pediatric Research, 8(4), 189-201.

Miller, J.P., & Sanchez, L.C. (2022). Genetic and Environmental Factors in Congenital Respiratory Disorders. Current Opinion in Pediatrics, 34(2), 120-126.

Ko'rishlar soni: 14