ANDIJON SHAHAR VA QISHLOQ AHOLISI ORASIDA PREDIABET TARQALISHINI BAHOLASH
Abstrakt
Mavzuning dolzarbligi. Qandli diabet (QD) va prediabet holatlarining global tarqalishi pandemiya xususiyatini kasb etib, tinimsiz o‘sib bormoqda. Diabet holatlarining qariyb 90 foizi 2-tur QDga to‘g‘ri keladi. Uning o‘sishi demografik va ta’lim-xulq-atvor omillari - urbanizatsiya, aholining qarishi, jismoniy faollikning pasayishi va ortiqcha vazn tarqalishining kuchayishi bilan bog‘liq. Shunga mos ravishda, chegaraviy holat sifatida prediabetning ulushi ham ortib bormoqda: prediabet tobora ko‘proq jiddiy metabolik muammo sifatida tan olinmoqda va u QD rivojlanishining prediktoriga aylanmoqda (har yili aralashuvlarsiz prediabetning 5-10 foizgacha holatlari namoyon bo‘lgan diabetga o‘tmoqda). Prediabet bosqichidayoq asoratlar rivojlanishi mumkin - prediabetning yurak-qon tomir kasalliklari, retinopatiya, nevropatiya va umumiy o‘lim darajasining oshishi bilan bog‘liqligi haqida ma’lumotlar mavjud. Shu sababli, qandli diabet rivojlanishidan oldin uglevod almashinuvi buzilishlarini erta aniqlash og‘ir oqibatlarning oldini olishda hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Tadqiqot maqsadi: Andijon shahri va Marhamat tumani aholisi orasida prediabet va 2-tur qandli diabetning tarqalish darajasini yosh, jins va geografik joylashuv ta’sirini hisobga olgan holda baholash.
Materiallar va usullar. Dissertatsiya tadqiqotining maqsad va vazifalarini ro‘yobga chiqarish uchun biz qishloq va shaharda istiqomat qiluvchi 35 yoshdan 75 yoshgacha bo‘lgan erkak va ayollarni qamrab olgan bir momentli epidemiologik tadqiqot o‘tkazdik. Tekshiruv Andijon viloyatining Marhamat tumanida 40 yoshdan oshgan 1800 nafar hamda Andijon shahrida 40 yoshdan oshgan 1600 nafar shaxsda o‘tkazildi. Tadqiqot 3 bosqichda amalga oshirildi. Monitoringni amalga oshirishdagi bosqichma-bosqich yondashuv shuni nazarda tutadiki, birinchi bosqichda asosiy xavf omillari bo‘yicha ma’lumotlar so‘rovnomalar yordamida to‘planadi (1-bosqich). Keyin ikkinchi bosqichda eng oddiy jismoniy tekshiruvlar o‘tkaziladi (2-bosqich) va shundan keyingina biokimyoviy tekshiruvlar uchun qon olish tavsiya etiladi (3-bosqich). Prediabet tashxisi Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti tomonidan taklif etilgan mezonlar hamda Rossiya Endokrinologlar Assotsiatsiyasi (2017), EASD va ADA (2015, 2018) ekspertlari tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyalarga muvofiq qo‘yildi. Prediabet holati glikemiyaning normal bo‘lmagan holati yoki glyukozaga tolerantlikning buzilishi sifatida aniqlandi. Giperglikemiya diabet yoki prediabet tashxisini o‘z ichiga olgan. Uglevod almashinuvi ko‘rsatkichlari glyukometrlar yordamida kapillyar qondagi glikemiya darajasini baholash asosida o‘rganildi. HbA1c darajasi "HUMAN" firmasining reaktivlar to‘plami yordamida qondagi gemoglobin darajasini avtomatik aniqlash va umumiy miqdorga nisbatan HbA1c ning foiz nisbatini hisoblash orqali belgilandi.
Natijalar. Marhamat tumanida aholining 53 tasida prediabet aniqlangan. Ularning 20tasida naxorgi glikemiyaning buzilish, 30 tasida glukozaga tolerantlikni buzilishi va 50 ta bemorda 2-tur qandli diabet (QD 2) mavjud ekanligi aniqlandi. Shu bilan birga, aholining 30 nafarida uglevod almashinuvi buzilmagan. Andijon shahrida prediabet va 2-tur diabetning tarqalishi deyarli bir xil ko‘rsatkichga ega bo‘ldi: 19 tasida naxorgi glikemiyaning buzilish, 30 tasida glukozaga tolerantlikni buzilishi, 52 ta bemorda 2-tur diabet va 30 nafar axolida uglevod almashinuvi buzilmagan holat kuzatildi. Har ikki hududda ham uglevod almashinuvi buzilgan bemorlarning eng katta qismi 45-59 yosh oralig‘idagi guruhlarga to‘g‘ri keldi. Bu yerda o‘rta yoshli odamlar orasida QD 2 rivojlanish xavfi sezilarli darajada yuqori ekanligi aniqlandi. Statistik tahlil shuni ko‘rsatdiki, ayollar uglevod almashinuvi buzilishidan ko‘proq aziyat chekkan, shaharlarda ularning soni erkaklarga nisbatan 2-2,5 barobar ko‘p bo‘lgan.
Xulosa. Olingan ma’lumotlar, ayniqsa 40 yoshdan oshgan ayollar orasida uglevod almashinuvi buzilishlarining oldini olish va erta tashxislash choralarini kuchaytirish zarurligini ko‘rsatmoqda. Tadqiqot natijalaridan mintaqada qandli diabetning oldini olish va tashxislashning samarali dasturlarini ishlab chiqishda foydalanish mumkin bo‘ladi.
Nashr sanasi
Mualliflar haqida
Adabiyotlar ro'yxati
Centers for Disease Control and Prevention. National Diabetes Statitiscs Report: Estimates of Diabtes and Its Burden in the United States, 2014. - Atlanta, GA: US Department of Health and Human Services; 2014. – С.1-7.
Wasserman D.H., Wang T.J., Brown N.J. The Vasculature in Prediabetes Affiliations expand // Circ Res. – 2018. - 122(8):1135-1150.
Guariguata L., Whiting D.R., Hambleton I., Beagley J., Linnenkamp U., Shaw J.E. Global estimates of diabetes prevalence for 2013 and projections for 2035 // Diabetes Res. Clin. Pract. – 2014. - N103. – P.137–49.
Shrestha N., Mishra S.R., Ghimire S. et al. Burden of diabetes and prediabetes in Nepal: a systematic review and meta-analysis // Diabetes Ther. – 2020. - N11. – P.1935–46.
Adhikari B., Mishra S.R. Culture and epidemiology of diabetes in South Asia // J. Glob. Health. – 2019. - N9. – P.020301
Демидова Т.Ю., Плахотняя В.М. Предиабет. Новая парадигма ранней профилактики сердечно-сосудистых заболеваний // Медицинский совет. – 2021. - №14. – С.124-132.
Cai X., Zhang Y., Li M. et al. Association between prediabetes and risk of all cause mortality and cardiovascular disease: updated meta-analysis // BMJ. – 2020. - N370. – С.2297.
Дедов И.И., Шестакова М.В., Галстян Г.Р. Распространенность сахарного диабета 2 типа у взрослого населения России (исследование NATION) // Сахарный диабет. – 2016. – Т.19, №2. – С.104-12.
Шлякова А.А., Стронгин Л.Г., Кудыкин М.Н., Корнева К.Г. Сахарный диабет 2 типа и хроническая венозная недостаточность: клинико-патогенетические особенности поражения нижних конечностей при сочетанной патологии. Сахарный диабет. 2016;19(3):212-220. https://doi.org/10.14341/DM200349-12
Щербакова О.Н. «Ранняя диагностика нарушений углеводного обмена у сотрудников органов внутренних дел, страдающих гипертонической болезнью» https://rzgmu.ru/images/upload/users/sc/dysSherbakova.pdf
Международная федерация диабета (IDF). "Global Diabetes Score" (2021).
Сахарный диабет 2 типа и предиабет: актуальные данные для клиницистов. Российская ассоциация эндокринологов, 2018.
World Health Organization (WHO). "Global Report on Diabetes". 2016.
Shafiee G., Mohajeri-Tehrani M.R., Pajouhi M., Larijani B. The importance of diabetes prevention programs in women: Focus on gender differences. Iranian Journal of Public Health. 2017;46(4):529–537.
Wild S., Roglic G., Green A., Sicree R., King H. Global prevalence of diabetes: Estimates for the year 2000 and projections for 2030. Diabetes Care. 2004;27(5):1047–1053.
Wang L, Gao P, Zhang M, et al. Prevalence and Ethnic Pattern of Diabetes and Prediabetes in China in 2013. JAMA. 2017;317(24):2515-2523. doi:10.1001/jama.2017.7596
World Health Organization (WHO). (2021). Global Report on Diabetes.
Centers for Disease Control and Prevention (CDC). (2023). National Diabetes Statistics Report, 2023.
International Diabetes Federation (IDF). (2021). IDF Diabetes Atlas, 10th edition.
Vij, S. (2020). Prevalence of Pre-diabetes in India: A Systematic Review. Indian Journal of Endocrinology and Metabolism.
Borch-Johnsen, K., et al. (2006). Vitamin D and Type 2 Diabetes: A Systematic Review. European Journal of Clinical Nutrition.
Pittas, A. G., et al. (2007). Vitamin D and Type 2 Diabetes: A Review of the Literature. Journal of Clinical Endocrinology & Metabolism.
Dekker, J. M., et al. (2009). Long-Term Outcomes of Impaired Glucose Metabolism: The DECODE Study. Diabetologia.
How to Cite

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial-NoDerivatives 4.0 International License.