ONALAR O‘LIMIDA BUYRAK USTI BEZI PATOMORFOLOGIYASINING XOS JIXATLARI
Abstrakt
Muammoni dolzarbligi. Onalar o‘limi dunyoda dolzarb muammo bo‘lib, qilinayotgan ishlar ma’lum bir natijaga ega bo‘lsa xam u yuqori darajada kuzatilmoqda. Tadqiqot maqsadi xomiladorlikda davrida va tug‘ruq, tug‘ruqdan keying davrning birinchi haftasida kuzatilgan onalar o‘limida buyrak usti bezining patomorfologiyasini o‘ziga xos jixatlarini o‘rganish. Tadqiqot usuli va materiali. Tadqiqotda 2015-2024yillar davomida O‘zRPAMda 75ta xomiladorlikda davrida va tug‘ruq, tug‘ruqdan keying davrning birinchi haftasida kuzatilgan onalar o‘limidagi autopsiya arxiv materiallarida buyrak usti bezining patomorfologiyasini o‘ziga xos jixatlarini o‘rganilgan. Tadqiqot natijasi. Po‘stloq qavatning koptokchali sohasida adrenokortikostitlarda bazofil kiritmalar o‘rniga lipidli kiritmalar to‘planishi, hujayralarni ko‘rinishini va bo‘yalishini o‘zgartirishi, tutamli va koptokchali qavatlarning chegaralari noaniq bo‘lishi preeklampsiya bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlarni morfologik tekshirishda muxim diagnostik axamiyatga egaligini ko‘rsatdi. Xulosa. Onalar o‘limida buyrak usti bezining patomorfologik xos jixatlaridan biri, simpatoadrenal tizimdagi bog‘liqlikni buzilishi bo‘lib, u buyrak usti bezini disfunkstiyasi, markaziy qon aylanishini buzilishi bilan davom etishi barcha a’zolarda gemodinamik ko‘rsatkichlarni buzilishiga, periferik qon tomirlarda perfuziyani izdan chiqishiga, poliorgan etishmovchiligiga olib keladi. Asosiy jihatlaridan turli etiologiyali onalar o‘limida buyrak usti bezi uchun xos bo‘lgan nospestifik javob reakstiyasi po‘stloq qavatining tutamli sohasida diapedez qon quyilishi, spongiostitlarda multifokal nekroz, hujayralar stitoplazmasida lipidli kiritmalarni ko‘payishi va nekrobiozga uchrashi, mag‘iz qavatida massiv gemorragik o‘choqlar va nekrozga uchragan gistioarxitektonikasi keskin o‘zgargan o‘choqlarni shakllanishi va buyrak usti bezining o‘tkir etishmovchiligi bilan bog‘liq morfologik o‘zgarishlarni bo‘lishi bilan xarakterlandi. Bu o‘zgarishlar asosan, xomiladorlikda onalar o‘limini yuzaga kelishini tanogenez mexanizmini bevosita bitta pog‘onasi bo‘lib xizmat qiladi.
Nashr sanasi
Mualliflar haqida
Adabiyotlar ro'yxati
Kaggle.com. База данных материнского риска в портале открытых данных Доступно по: https://www.kaggle. com/datasets/csafrit2/maternal-health-risk-data (дата обращения: 28.10.2023)
Игорь П.В. и др. Использование алгоритмов машинного обучения для профилактики риска материнских осложнений при беременности. Медицина и организация здравоохранения. 2024;9 (1):52-58.
3.Тенденции материнской смертности 2000–2020 гг.: оценки ВОЗ, ЮНИСЕФ, ЮНФПА, Группы Всемирного банка и Отдел народонаселения ДЭСВ ООН. Резюме. Женева: Всемирная организация здравоохранения. 2023.
Официальный сайт Агентства по статистике Республике Узбекистан. Коэффициент материнской смертности. Доступен по: https://stat.uz/ru/ofitsialnaya statistika/demography (дата обращения 27.10.2023)
Robinson S., Recheet B. WHO Report: Health Systems in Action Insight for Uzbekistan. Division of Country Health Policies and Systems. WHO Regional Office for Europe. 2022; 7–14.
Газета.uz. 12 февраль. 2024 Ташкент. Узбекистан.
Millennium Development Goals and Beyond 2015: Background. In: United Nations. Undated (https://www.un.org/millenniumgoals/bkgd.shtml, accessed 30 August 2019.
How to Cite

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial-NoDerivatives 4.0 International License.