SINK YETISHMOVCHILIGI BO’LGAN BOLALARDA ATOPIK DERMATITNI DAVOLASHNI OPTIMALLASHTIRISH
Abstrakt
Tadqiqot maqsadi: atopik dermatitli bolalarda rux yetishmovchiligining klinik ahamiyatini va uni tuzatishni baholashdir. Materiallar va metodlar: Tadqiqot Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi bolalar allergologiyasi bo‘limida 2-7 yoshdagi 38 nafar atopik dermatit (AD) bilan og‘rigan bolalarda o‘tkazildi. Bolalar 3 guruhga bo‘lindi: asosiy guruh - AD tashxisi bilan, asosiy davolanish + rux bilan n=15 (39,5%)? qiyoslash guruhi - faqat asosiy davolanish n=23 (60,5%) va nazorat guruhi - deyarli sog‘lom bolalar n=15. AD klinik ko‘rinishlari SCORAD indeksi bilan baholandi. Klinik tekshiruv anamnez yig‘ish va ob‘ektiv ko‘rikni o‘z ichiga oldi. Barcha bolalar standart va qon zardobidagi rux darajasiga muvofiq laborator tekshiruvlardan o‘tkazildi (rentgen-fluoresan tahlil usuli bilan). Natijalar: AD bilan og'rigan barcha bolalar qon zardobidagi Zn tarkibiga qarab 2 guruhga bo'lindi. 1-guruh (asosiy guruh) qon zardobida Zn kontsentratsiyasi 9,5 mkmol/l dan kam bo'lgan bolalarni o'z ichiga oladi. 2-guruh (taqqoslash guruhi) qon zardobida Zn kontsentratsiyasi 10 mkmol/l dan ortiq bo'lgan bolalarni o'z ichiga oladi. Asosiy guruhda tirnoqlar giperkeratozi 7 bolada (46,7%), perioral dermatit 11 bolada (73,3%) va perianal dermatit 7 bolada (46,7%) kuzatildi. Qiyoslash guruhida esa tirnoqlar giperkeratozi 2 bolada (8,7%), perioral dermatit 6 bolada (26,1%), perianal dermatit 3 bolada (13,4%) kuzatildi. Asosiy guruh bolalari asosiy davo va qo'shimcha ravishda 1 oy davomida rux o'z ichiga olgan preparatni qabul qilishdi. Qiyoslash guruhida faqat asosiy davo buyurilgan. Davodan so'ng asosiy guruh bolalarida AD belgilarining ijobiy dinamikasi kuzatildi. Rux o'z ichiga olgan preparatning kiritilishi nafaqat SCORAD ko'rsatkichining sezilarli yaxshilanishiga, balki terining namlanishiga ham yordam berdi. Asosiy guruhdagi bolalarda rux darajasi oshganligi qayd etildi va davoni davom ettirish tavsiya etildi. Me'yordagi rux darajasiga ega bo'lgan bolalarda esa rux o'z ichiga olgan preparatlar ratsionga qo'shilgan. Xulosa. Shunday qilib, tadqiqot guruhidagi bolalarda zardobdagi rux yetishmovchiligi 39,5% ni tashkil etdi. AD bilan og'rigan bolalarda rux yetishmovchiligi tirnoq giperkeratozi, periorbital va perianal dermatit kabi klinik ko'rinishlar bilan birga keldi. AD bilan og'rigan bemorlarda rux yetishmovchiligini tuzatish uchun rux o'z ichiga olgan preparatlarni buyurish tavsiya etiladi.
Mualliflar haqida
Adabiyotlar ro'yxati
Mirrakhimova M., Nishonboeva N. Bolalarda atopic dermatitis and psychosomatic ўzgarishlarni aniklash va bagholash //MedicineProblems. uz-Topical Issues of Medical Sciences. – 2023. – T. 1. – No. 1. – pp. 57-63.
Allergology and immunology. Clinical recommendations for pediatricians / ed. A.A. Baranova, R.M. Khaitova. – M.: “Union of Pediatricians of Russia”, 2018.
Balabolkin I. I., Bulgakova V. A., Eliseeva T. I. Atopic dermatitis in children. – Publishing house "Medical information agency", 2018.
Gorpinchenko II, Gurzhenko YuN, Spiridonenko VV. A study of the effectiveness of monotherapy with Zinkit in patients with chronic prostate vesiculitis complicated by hypofertility. Zh Zdorov’e muzhchiny. 2015; 1 (44): 55-58. (In Russ.)].
Elisyutina O.G., Shtyrbul O.V. Experience of using zinc-containing drugs in the treatment of AtD. Russian allergological journal. 2016;1:47-51 [Elisyutina OG, Shtyrbul OV. Zinc preparations in atopic dermatits treatment. Ros Allergol Zhurn. 2016;1:47-51. (In Russ.)].
I. N. Andrusishina, E. G. Lampeka, I. A. Golub, O. V. Straub, O. V. Ermakova Microelements in Medicine, 2016
Kasokhov T. B. et al. Atopic dermatitis in children // Scientific review. Medical sciences. - 2016. - No. 1. - P. 8.
Kruglova L. S., Gensler E. M. Atopic dermatitis: new horizons of therapy // Medical alphabet. - 2019. - V. 1. - No. 7. – P. 29-32.
Revyakina V.A., Safronova A.I., Abramova T.V., Kon I.Ya., Denisova S.N. Specialized food products in the treatment and prevention of food allergies in young children. In: Baby food. Handbook for doctors. V.A. Tutelyan, I.Ya. Kon, eds. 4th ed. Moscow: OOO "Medical Information Agency", 2017: 426–433.
Cousins RJ, Liuzzi JP, Lichten LA. Mammalian zinc transport, trafficking, and signals.JBiolChem.2006;281:24085-24089https://doi.org/10.1074/jbc.r600011200
Frassinetti S, Bronzetti G, Caltavuturo L, et al. The role of zinc in life: a review. J Environ Pathol Toxicol Oncol 2006; 25:597–610.
Kuzmicheva K.P., Malinina E.I., Richkova O.A. The issue of the allergic diseases prevalence among children: a current review. Allergology and Immunology in Pediatrics. 2021;(2):4-10. (In Russ.) https://doi.org/10.24412/2500-1175-2021-2-4-10
Leifeman K.M., Ackerman S.J., Sampson H.A. et all. Dermal deposition of eosinophil granule major basic protein in atopic dermatitis: Comparison with onchocerciasis // N Eng J Med. – 1985. – V. 313. – P. 282-285.
Maywald M., Wessels I., Rink L. Zinc signals and immunity. Int J Mol Sci. 2017 Oct24;18(10):2222. https://doi.org/10.3390/ijms18102222. PMID: 29064429; PMCID: PMC5666901
Ogawa Y, Kinoshita M, Shimada S, Kawamura T. Zinc in Keratinocytes and Langerhans Cells: Relevance to the Epidermal Homeostasis. J Immunol Res. 2018;5404093. https://doi.org/10.1155/2018/5404093
How to Cite

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial-NoDerivatives 4.0 International License.