YUVENIL IDIOPАTIK АRTRIT BILAN KASALLANGAN NEFROPATIYASI BOR BEMORLARDA SITOKINLАR
Abstrakt
Tadqiqot maqsadi: Yuvenil idiopatik artrit va buyrak shikastlanishining erta tashxisida proyallig`lanish sitokinlarning rolini aniqlash. Materiallar va metodlar: Tadqiqotga 2021-2023 yillarda TTА koʼp tarmoqli tibbiyot markazining kardio-revmatologiya boʼlimida davolangan bemorlar haqidagi maʼlumotlar kiritilgan. Ularning orasidan: 105 ta yuvenil idiopatik artrit bilan kasallangan bemorlar, ular asosiy guruhni tashkil etadi. Nazorat guruhi esa Chilonzor tumani №35 Oilaviy poliklinikasida dispanser kuzatuvi otayotgan 30 ta amaliy sogʼlom bolalardan tashkil topdi. Har bir tadqiqot qilinayotgan bemorga chuqur klinik-immunologik va laborator-instrumental tekshiruvlar oʼtkazilgan. Natijalar: Tadqiqotdan kelib chiqib, bizning o`rganishda yuvenil idiopatik artritning davom etishi 3 oydan 8 yilgacha va koʼproq katta va oʼrta bo'g'imlar zararlanishi (tizza, boldir-tovon, tirsak) ko`rsatdi. Kasallikning persistlovchi kechuvi 28,9% bemorlarda va progressiv kechuvi 71% kuzatildi. Dalillarga koʼra, bolalarda bo`gim zararlanishi jinsga koʼra, oʼgʼil bolalarda ekssudativ komponentning kamroq ekanligi (39%), pastki bo`gimlarda produktiv-distrofik oʼzgarishlarning koʼproq (61%) namoyishi boʼlgan. Qizlarda esa yuqori bo`gimlarda ekssudatsiya 85% boʼlgan. Bemorlarning oʼrtacha yoshi 7 yoshni tashkil qildi. Rentgenologik tekshiruv natijalari asosan Shteynbrokker boʼyicha II darajani koʼrsatgan. Yuvenil idiopatik artrit bilan kasallangan bemorlarda, proyallig'lanish sitokinlar darajasi 5-10 baravar, kasallikning variantlariga qarab ko'payadi. Xulosa: Yuvenil idiopatik artrit kasallikning zamonaviy davrda rivojlanishi, shuningdek ichki organlarning shikastlanishini aks ettiruvchi kasallikning tajovuzkorligi va progressiv tusidir. Ayniqsa, buyraklar zararlanishining va kasallikning o`gir kechishini oldini olishning samarali usullarini izlash zarurligini ta'kidlaydi. Ya'ni proyallig'lanish sitokinlar (TNF-α), qon zardobida 2 martadan ko'proq YUAning dastlabki tashxisini qo'yish uchun ishlatilishi mumkin.
Mualliflar haqida
Adabiyotlar ro'yxati
Alekseeva E.I., Litvitsky P.F., Juvenile idiopathic arthritis: etiology, pathogenesis, clinical presentation, diagnostic and treatment algorithms. M., VEDI, 2017; 308 p.
Voronina M.S., Shilkina N.P., Vinogradov A.A., The role of laboratory research methods in the diagnosis and treatment of idiopathic arthritis. // Therapist—2019. —No. 1.—P.34—38.
Emelyanchik E.Yu., Salmina A.B. “Clinical dynamics of juvenile idiopathic arthritis” Attending physician, - 2021: No. 3 - p. 71-74.
Karimdzhanov I.F., Iskanova KH., Israilova N.A., Dinmuhammadieva D.R., Madaminova M.SH. Juvenile Idiopathic Arthritis: Etiopathogenesis, Therapy and Outcomes. Journal of Pharmaceutical Negative Results. 2022;13(8): р. 498-506.
Karimdzhanov I.А., Madaminova M.Sh., Dinmuxammadiyeva D.R. The Course of Juvenile Idiopathic Arthritis and Kidney Damage // American Journal of Medicine and Medical Sciences-03.2023, 13(3): 203-206 DOI: 10.5923/j.ajmms.20231303.02.р. 203-206.(14.00.00, №2).
Karstila K, Korpela M, Sihvonen S, Mustonen J. Prognosis of clinical renal disease and incidence of new renal findings in patients with rheumatoid arthritis: follow-up of a population-based study. Clin Rheumatol 2019; 26(12): 2089-2095.
Lola K. Raxmanova , Umida N. Karimova, Nigora A. Israilova, Kamola Z. Yaxyaeva. Рeculiarities of immunity in nephrotic syndrome in children with COVID-19 against the atopic background//Turkish Journal of Physiotherapy and Rehabilitation; 2021. 32(2). Р.4391-4394.
Rakhmanova L.K., Karimova U.N. Peculiarities of immunopathological shifts with nephritic syndrome in children with atopic dermatiti// European Science Review Vienna 2018.N.5-6 P. 186-188.
Макарова Т.П., и др. Поражение почек при ювенильном ревматоидном артрите. // Педиатр. 2022. Т. 7. № 2. С. 206.
Матвиенко Е.В. и др. Клинико-иммунологические особенности течения ювенильного идиопатического артрита у детей и подростков. // Вестник Волгоградского государственного медицинского университета. 2021. № 1 (65). С. 118-121.
How to Cite

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial-NoDerivatives 4.0 International License.