BOLALARDA O’N IKKI BARMOQLI ICHAK YARA KASALLIGINING ASORLANISHINI ERTA PROGNOSTIK BELGILARI
Abstrakt
Dolzarblik. O'n ikki barmoqli ichak yarasidan qon ketish eng og'ir asoratlardan biri bo'lib, o'n ikki barmoqli ichak yarasi bilan bog'liq bo’lgan bolalar o'limning asosiy sabablaridan biri hisoblanadi. Tadqiqot maqsadi. Ushbu tadqiqotning maqsadi: bolalarda o'n ikki barmoqli ichak yarasining asosiy belgilarini aniqlash. Materiallar va tekshirish usullari. Tadqiqotga 2021-2024 yillarda SamMU 2-klinikasida oʻn ikki barmoqli ichak yarasi tashxisi qoʻyilgan 42 nafar bola ishtirok etdi. Asosiy guruhga qon ketishi asorati boʻlgan 12 bemor (28,6%), taqqoslash guruhiga esa 30 nafar asorati bo’lmagan bemorlar (71,4%) tashkil etdi. Tadqiqotda bolalarda anamnez, klinik xususiyatlar va pH darajasi tahlil qilindi. Asoratlangan o'n ikki barmoqli ichak yarasi xos bir qancha prognostik omillar aniqlandi, ular orasida bolani jinsi, yoshi, irsiy moyillik, eroziv gastroduodenit, ko'plab yaralar, antroduodenal sohada past pH darajasi. Natijalar va muhokama. Kasallik tarixini tahlil qilish shuni ko'rsatdiki, asosiy guruhdagi bolalarning 75% oila a’zolari o'n ikki barmoqli ichak yarasi bilan kasallangan, qarindoshlarning 33,3% kasallikning asoratlarini boshdan kechirganlar. Taqqoslash guruhida irsiy omillar 46,7% hollarda mavjud bo'lsa-da, ularning qarindoshlaridan hech birida asoratlar bo'lmagan. Asoratlar kuzatilgan guruhda barcha bemorlarda Helicobacter pylori infektsiyasi aniqlandi (100%), nazorat guruhining 80% esa ijobiy natija kuzatildi. Bundan tashqari, asoratlar kuzatilgan guruhda HPga qarshi IgG titrlarining ko'tarilishi sezilarli darajada bo’ldi. Xulosa. Bolalarda asoratlangan o'n ikki barmoqli ichak yarasining asosiy prognostik belgilariga bolaning jinsi, katta maktab yoshi, irsiy omillar, yarali joylar va ko'plab yaralar kiradi. Erta tashxis qo'yish va tibbiy nazorat ushbu bemorlarda og'ir asoratlar xavfini kamaytirishga yordam beradi.
Mualliflar haqida
Adabiyotlar ro'yxati
Busygina M.S., Vakhrushev Ya.M. The course of peptic ulcer disease with concomitant duodenostasis // Collection of abstracts of the 42nd Scientific Session of the Central Research Institute of Gastroenterology “Principles of Evidence-Based Medicine in Clinical Practice”. 2016. March 2-3. P.11-12.
Vidmanova T.A., Zhukova E.A., Viskova I.N. Efficiency of anti-Helicobacter therapy for duodenal ulcer disease in children. // Medical almanac. 2011. - No. 6. - P.182-184.
Komarchuk V.V. Evaluation of the acid-producing function of the stomach and diagnostics of gastroesophageal reflux in complicated forms of peptic ulcer disease. // Zh. Kharkiv Surgical School. - 2012. - №3 (54). - P.50-52.
Timerbulatov, M.V. Prediction of recurrence of acute bleeding from the upper gastrointestinal tract // Bulletin of Experimental and Clinical Surgery. - 2011. - V.4. – №2. – P.1-5.
Shchegolev A.A., Al-Sabunchi O.A., Klochneva E.A. et al. Modern tactical approach in treatment of ulcerative gastroduodenal bleeding // J. Bulletin of RUDN, Medicine series. – 2010. -№ 4. -P.37-42.
Ibatovа Sh.M., Shamsieva Sh.N., Kholmurodova D.Kh. The main causes of the development of peptic ulcer of the stomach and duodenum. American Journal of Interdisciplinary Research and Development.Volume 36. January – 2025. Р. 133-138.