Nashr etikasi
“O`zbekiston tibbiyot ilmi” elektron jurnaliga taqdim etiladigan ilmiy maqolalar IMRAD talabi bo`yicha yozish talab etiladi.
- Mualliflar tomonidan taqdim etilayotgan ilmiy maqola mavzusi “O`zbekiston tibbiyot ilmi” elektron jurnali bo`limiga mos kelishi shart.
- Maqolalar asosan IMRAD talabi bo`yicha bo`lganligi bois Introduction (kirish), Methods (usullar), Results (natijalar) And (&) Discussion (muhokamalar) har bir bo`lim ilmiy maqolaga asos bo`ladi.
- Mualliflar tomonidan yuborilgan maqolalar antiplagiat platformalarida tekshiriladi. (https://antiplag.uz/, https://www.antiplagiat.ru/ va boshqalar)
- Maqola matni shrifti “Times New Roman”da, 14 kegelda bo`lib, qatorlar oraliqlari masofasi 1,5 intervalda bo`lishi lozim. Maqola matni sahifasining barcha (o`ng, chap, yuqori va quyi) tomonidan 2 santimetrdan iborat masofa qoldiriladi. Maqolaning umumiy hajmi 10-15 betdan oshmasligi, minimal hajmi esa 6-8 betdan kam bo`lmasligi (maqolaning nomi, maqola muallifi to`g’risida ma’lumot, annotatsiya va kalit so`zlar yozilgan sahifasidan tashqari) hamda foydalanilgan adabiyotlar soni kamida 10-15 manbadan ortiq bo`lishi lozim.
- Jadval, chizma yoki rasm nomlari ularning quyi qismida yozilishi hamda ularning manbasi aniq ko`rsatilishi lozim. Maqolada jadval, chizma va rasmlarning berilishi maqola sifatini oshiruvchi manba bo`lib xizmat qiladi.
- Maqolalar o`zbek, rus yoki ingliz tillarida taqdim etilishi mumkin.
- Mualliflar ilmiy maqolasini elеktron shaklda matеriallarni yuborish bo`limidan ro`yxatdan o`tgandan so`ng yuboradi.
Har bir ilmiy maqola elеktron jurnal tahririyat a'zolarining xulosa va tajribali mutaxassislarning ichki va tashqi taqrizlaridan o`tgandan so`ng chop etishga qabul qilinadi. Rеtsеnzеntlar tomonidan aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etish uchun, muallifga 2 xafta muddat bеriladi. Bеrilgan 2 xafta muddat davomida muallif maqolani taxririyatga qayta taqdim etmasa, maqolani ko`rib chiqish jarayoni to`xtatiladi. Ilmiy maqolalarni chop etish bеpul.
Har bir muallif alohida DOI raqami olishi mumkin (pullik asosida).
ILMIY MAQOLA QUYIDAGI BO`LIMLARDAN IBORAT BO`LADI
1.Maqolaning nomi, maqola muallifi to`g’risida ma'lumot (shahar, ish joyi, lavozimi, ORCID raqami yozib qo`yilsin) (o`zbеk, rus va ingliz tilida).
- Annotatsiya (Abstract) (100-250 so`z) (o`zbеk, rus va ingliz tilida).
- Kalit so`zlar (Key words) (5-7 so`z) (o`zbеk, rus va ingliz tilida).
- Kirish (Introduction)
- Matеriallar va usullar (Methods)
- Natijalar (Results)
- Natijalarni muhoka qilish (And (&) Discussion)
- Xulosalar (Conclusion/Recommendations)
- Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati (References) (Scopus va Web of Science platformasida e'tirof etilgan jurnallarda so`nggi 5 yil ichida chop etilgan ilmiy nashrlardan foydalanish tavsiya etiladi).
Bizning manzil: O`zbekiston, Andijon shahar, Yu.Otabеkov ko`chasi 1-uy.
Maqolalarni qabul qiluvchi mas'ul shaxs: +99894 018-02-55 (Mirzaеv Sarvarbеk)
Е-mail: info@fdoctors.uz
Телеграмм: @ilmprof, manager / ijsp.uz