MIKROALBUMINURIYa SEMIZLIGI BO‘LGAN BOLALARDA MODDALAR ALMAShINUVI BUZILIShI KO‘RSATKIChI SIFATIDA
Abstrakt
Original maqolada semizlik bo’lgan bolalarda uglevod va lipid almashinuvi ko’rsatkichlari hamda mikroalbuminuriya o’rtasidagi bog’liqlik natijalari o’rganilgan. Tadqiqot natijalari umumiy amaliyot shifokorlari, pediatrlarni amaliy faoliyatga keng joriy etish uchun tavsiya etiladi. Tadqiqotning maqsadi: semizlik bo’lgan bolalarda uglevod va lipid almashinuvi ko’rsatkichlari hamda mikroalbuminuriya o’rtasidagi bog’liqlikni aniqlash . Materiallar va usullar: Tadqiqotimiz davomida 7 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan birlamchi ekzogen konstitutsiyaviy semizlik bo’lgan 55 nafar, shuningdek, normal tana vazniga ega bo’lgan 20 nafar bolalar o'rganildi. Antropometrik, klinik, biokimyoviy tadqiqotlar kompleks o'rganildi. Tadqiqot natijalari: bolalarda semizlik darajasi va uglevod almashinuvining buzilishi hamda dislipidemiya o'rtasidagi yaqqol bog'liqlik borligi aniqlandi, bu xolesterin, triglitseridlar, PZLP miqdorining oshishi va YuZLP miqdorining pasayishi, immunoreaktiv insulinning ko'payishi hamda IR HOMA R ko'rsatkichining oshishi bilan ifodalandi. Tadqiqotda uglevod va lipid metabolizmining ko’rsatkichlari patologik oshoshi bilan siydikda albumin miqdorining patologik oshishi kuzatildi, bu esa buyraklarning funktsional qobiliyati patologiyasida metabolik kasalliklar darajasining sezilarli hissasi borligini bildiradi. Xulosa: semizlik bo’lgan bolalarda buyraklar birinchilardan bo’lib zararlanishga moyil asosiy organlardan biri hisoblanib, yog ' to'qimalarining hajmi oshishi bilan metabolizmni korreksiyalash funktsiyasini birinchi bo'lib o’z zimmasiga oladilar. Shunday qilib, tanadagi yog ' massasining ortiqcha to'planishi bo'lgan bemorlarni surunkali buyrak kasalligi rivojlanish xavfi yuqori bo'lgan guruh deb hisoblash kerak.
Mualliflar haqida
Adabiyotlar ro'yxati
Lebedeva E.N., Vyalkova A.A., Afonina S.N., Chesnokova S.A. Dyslipidemia as a pathogenetic factor in the progression of chronic kidney disease// Nephrology. 2019. Vol. 23. No. 5-P.-56-64
Petrosyan E.K., Kostereva E.A., Novikov S.Yu., Moreno I.G., Shumilov P.V. Functional state of the kidneys in adolescents with obesity// Nephrology. 2017. Vol. 21. No. 2- P -48-55.
Aragno M., Mastrocola R. Dietary sugars and endogenous formation of advanced glycation endproducts: Emerging mechanisms of disease // Nutrients. – 2017. – №9. – P. 1-16.
Bekezin V.V., Kozlova E.U., Pleskachevskaya T.A., Borsukov A.V. Modern possibilities of kidney ultrasound diagnosis in children. Sovremennye tehnologii v medicine 2017; 9(2): 170–177
World Health Organization. Obesity and overweight. Information bulletin No. 311. January 2017 Electronic resource http://www.who.int/mediacentre/factsheets/fs311/ru/. (in Russ)
Vyalkova AA, Lebedeva EN, Krasikov SI, et al. Clinical and pathogenetic aspects of kidney damage in obesity (literature review). Nephrology 2018; (3): 24-33(in Russ)
Garifulina L., Ashurova M., Goyibova N. Characteristic of the cardiovascular system in children and adolescents at obesity in accompanience of arterial hypertension //European Journal of Molecular and Clinical Medicine. – 2020. – №. 7 (3). – С. 3171.
Ashurova M. Zh., Garifulina L. M. Bone mineral density and Vitamin D level in obese CHILDREN //Children's Medicine of the North-West. – 2020. – T. 8. – No. 1. – pp. 44-44.(in Russ)