O‘PKA TO‘QIMASIDA RIVOJLANGAN XONDROMATOZ GAMARTOMALARNING PATOMORFOLOGIYASI
Abstrakt
Ilmiy ishning maqsadi. Gamartoma turli a’zolarning xavfsiz o'smalari orasida ko'p uchraydigani bo'lib, hanuzgacha aniq sabablari to'liq o'rganilmagan epiteliy bo'lmagan mezenximal to'qimalardan o'sadigan xavfsiz o'sma hisoblablanadi. Gamartoma istalgan to'qimada rivojlanadigan va shu a’zoga xos bo’lgan xujayralardan tarkib topgan bo’lib, tarkibidagi stromal mezenximal tuzilmalarning turli xil shaklli ko'rinishiga qarab nomlanadi. O'pka to'qimasida aniqlangan endobronxial gamartomalar 12-20% ni tashkil etadi. Tarkibi jihatidan xondromatoz va tomirli tuzilishga ega boʻlgan, mikroskopik jihatdan tugunli koʻrinishda aniqlanadi. Ayni tadqiqot ishimizda nafas yo'llari gamartomasida morfologik jihatdan tomirli turlarida qo'n ketish bilan bog'liq xolatlarning morfologik jihatlari bilan namoyon bo’lganligi aniqlandi. Material va uslublar. Material sifatda Respublika patologik anatomiya markaziga olib kelingan va o'tkir leykozlarning mieloblastli leykozlar turli shakllari va sepsisning turli shakllaridan vafot etgan autopsiyasi holati, yonbosh ichak va og'iz shilliq qavati materiallari tashkil etildi. Shulardan 43 tasi erkak jinsli va 26 tasi ayol jinslilar materallari oldi. Tayyorlangan bo'laklar morfologik jihatdan o'rganiladi. Natijalar. Morfologik tekshirish natijalari taxlilida, yirik bronxlardan o'sgan gamartoma bronxlarning endobronxial to'qima tuzilmalarida joylashganligi kuzatildi. Bunda, gamartomaga xos xondromatoz darajada oʻzgargan togʻay to’qimalari tugunlaru bronx devori togʻay xalqlari tarkibida paydo boʻlganligi va atipik tuzilishga egaligi, faqat morfologik jihatdan xondromatoz to’qima tuzilmalari betartib joylashgan bir, ikki va ko’p xondrotsit hujayralardan tashkil topganligi va ularning betartib joylashganligi aniqlandi. Xondrotsit hujayralar tsitoplazmasi kuchli darajada vakumlashganligi kuzatildi. Xondromatoz toʻqima boʻlaklari orasida bronxlar devori yumshoq toʻqimasidan tarkib topgan tutamlar orasida boshliqlar va kistasimon tuzilmalar paydo bo’lganligi aniqlandi. Xulosa. Nafas tizimi azolari chondromatoz hamartomasining 13.4% yoʻgʻon bronxlar devorida, 56.2%, oʻpkaning oldingi segmentlarida, qolganlari oʻpkaning orqa segmentlarida (30.2%) joylashganligi aniqlandi. Yo'g'on bronxlar devorida rivojlangan gamartoma ko’p o'choqli va betartib joylashgan chondromatoz to'qima tugunlaridan iboratligi va ularning atrofida bronxlar devori yumshoq to’qimalari va shilliq pardasi disregenerator holda o’sib ko’payganligi topildi. O’pka to’qimasi ichidagi bronchlardan rivojlangan gamartomada chondromatoz o'choqlar ham bronxlar devori, ham alveolar to’qima tarkibida paydo bo’lganligi, ularning atrofida biriktiruvchi, yog’, miksamatozli to’qimalar o’sib ko’payib, ayrim joylarida chondroid to’qimaga metaplazialanganligi kuzatildi.
Nashr sanasi
Mualliflar haqida
Adabiyotlar ro'yxati
Bulganina, N.A. Diagnosticheckaya convex endosonography pri zabolevaniyax verkhnix otdelov zhudochno-kishechnogo trakta: dis. sugar Med. Nauk: 14.01.17 /14.01.13/ Bulganina Natalya Anatolevna.-M., 2010.- S.64-65.
Burkov, S.G. Endoscopic ultrasound examination and diagnosis of stomach pain / Burkov S.G. // Doctor. - 1997. - #2. - S. 9-10.
Godjello, E.A. Endoscopic ultrasound examination - a modern diagnostic method of gactrointesinal stromal tumors / E.A. Godjello, N.A. Bulganina, M.V. Khrustaleva // Ultrasound and functional diagnostics - 2013. -№2.-S.78.
Egorov, V.I. Gastrointestinal stromal edema dvenadtsatiperstnoy kishki / V.I. Egorov, V.A. Kubyshkin, V.A. Vishnevsky, A.I. i dr. // Surgery. Journal im N.I. Pirogova. - #10. - 2007. - S.66-72.
Kravtsov, V.G. Clinical-morphological, immunohistochemical characteristics and criteria for prognosis of gastrointestinal stromal tumors: autoref diss. sugar Med. Nauk: 14.00.15 / Vladimir Grigorevich Kravtsov. - M., - 2007. -S. 23-24.
Poddubnaya, I.V. Gastrointestinal stromal tumors (diagnosis, treatment)/ Prakticheskie rekomendatsii // Pod redaktsiey prof. I.V. Poddubnoy. M.: Media Medica. - 2008. 56 - e.
Ryabtseva, S.N. Comparative morphological characteristics of gastrointestinal stromal tumors and smooth muscle formation / Ryabtseva S.N., Rogov Yu.I., Smolyakova R.M. i dr.// Oncol. Journal. - 2010. - 42. - (14). - P.50–56.
Seryakov, A.P. Gastrointestinal stromal tumors / A.P. Seryakov // RJGGK. - 2010. - 20. - (4). - S. 49–57.
Solodinina, E.H. Endoskopicheskaya diagnosis i lechenie podslizistyx obrazovaniy verkhnix otdelov zhudochno-kishechnogo trakta / E.N. Solodinina, Yu.G. Starkov, K. V. Shishin // Sb. thesis of the 13th Moskovskogo mejdunarodnogo congress of surgery. - 2009. S. 286-289.