TEZ-TEZ KASALLANUVCHI BOLALAR ORASIDA URATLI NEFROPATIYA TARQALISHI
Abstrakt
Tadqiqotning maqsadi. Tez-tez kasallanuvchi bolalar strukturasida uratli nefropatiyali bolalar ulushini aniqlash, hamda ularning ijtimoiy xarakteristikasini o‘rganish. Material va tadqiqot usullari. Ilmiy tadqiqot 2015-2018 yillar davomida 1-7 yoshdagi 120-nafar bolalarda o‘tkazildi. Tez-tez kasallanuvchi bolalar tanlab olindi, ular orasida uratli nefropatiya aniqlangan 100 bolalar, 50 nafar shu yoshdagi sog‘lom bolalar, nazorat guruhdagi bolalar ambulator kartalari, shuningdek, 50 ta homilador ayollar tibbiy kartasi va 50 ular bolalarining tibbiy kartasi va kasallik tarixi retrospektiv tahlil qilindi. Natijalar. Ma’lumki, siydik ayiruv tizimi patologiyalari rivojlanishaga asosan tashqi muhit omillari, viruslarning organizmga ta’siri, bakteriyalar, dori vositalar, tabiat hodisalarining asoratlari, iqlim o‘zgarishi, ovqatlanish xarakteri va boshqalar asosiy rol uynaydi. Olingan natijalardan siydik ayiruv tizimi patologiyasi bilan kasallanish hamda kasallik tufayli gospitalizatsiya qilish mavsumiy xarakterga ekanligi aniqlandi. Xususan, 2021-2023 yillar fevral, aprel, avgust va dekabr oylarida faslga xos mavsumiylik aniqlandi. Siydik ayiruv tizimi patologiyasi bor bolalarni onalarini homiladorlik davridagi kasallik tarixi o‘rganildi. Olingan natijalar shuni ko‘rsatdiki, onalarda siydik ayiruv tizimi patologiyalaridan 2021 y- surunkali pielonefrit (4%), surunkali glomerulonefrit (6%); 2022 y - surunkali pielonefrit (8%), surunkali glomerulonefrit (8%), dismetabolik nefropatiya (2%); 2023 y – surunkali pielonefrit (10%), dismetabolik nefropatiya (8%), surunkali sistit (4%) aniqlangan. Homilador ayollarning 22,0%ida jumladan, har 5 tadan 1 tasida siydik ayiruv tizimining patologiyalari uchraganligi qayd etildi. Xulosa. Urat nefropatiyasi bor tez kasallanuvchi bolalarda kasalliklar o‘rta va og‘ir tarzda kechishi va cho‘ziluvchanligi bilan xarakterlanadi, ularda tonzillit (30,4%), otit (6,5%), bronxit (16,2%), gastroduodenit (9,8%), qaytalanuvchi laringotraxeit (13,8%) ko‘proq uchraydi. Tez kasallanuvchi bolalarda siydik yo‘llari kaslliklari mavsumiyligi bilan xarakterlanadi, ko‘pincha bolalar fevral, aprel, avgust, dekabr oylarida kasalxonada davolanishadi. Tez kasallanuvchi bolalarda siydik yo‘llari kasalliklaridan surunkali pielonefrit (8,4%), enurez (7,5%), dismetabolik nefropatiya (7,2%), surunkali glomerulonefrit (3,3%) uchraydi.
Mualliflar haqida
Adabiyotlar ro'yxati
Akopyan A.I., Zorkin S.N., Bakanov M.I. Otsenka effektivnosti korreksii metabolicheskix narusheniy pri mochekamennoy bolezni u detey. // Pediatriya Uzbekistana: reformirovanie i strategiya razvitiya: sbornik tezisov Respublikanskoy nauchno-prakticheskoy konferensii (4-6 oktabrya 2007 g., g. Tashkent). - Tashkent, 2007. - Tom 2. - C. 117-118
Saregorodsev A.D. 2003;Aktualnыe problemы detskoy nefrologii. /III Kongress pediatrov-nefrologov Rossii: Materialы konf. SPb: SPbGPMA, 2003. - S. 3-6.
Raxmanov D.K. Epidemiologiya i pervichnaya profilaktika urolitiaza v Samarkandskom regione: Avtoref. dis. … kand. med. nauk. – Tashkent, 1999. – S. 20.
Xalmatova B.T., Tajieva Z.B. Faktorы rыska, kliniko–laboratornыe osobennosti i profilaktika oksalatnoy nefropatii u detey // Toshkent tibbiyot akademiyasi Axborotnomasi. Toshkent. 2018. –№ 4. –S. 43–46.
Baranov A.A. hammualliflar, Voprosы sovremennoy pediatrii / 2008/ TOM 7/ № 1.;
Yurev V.V., Voronovich H.H., Parshutkina O.Yu., Xomich M.M. O podxodax k otsenke sostoyaniya pitaniya u. detey // Pediatriya. 2004.-№5.-S.102-105.
Xudaybergenov Ulugbek Ataullaevich. Rannyaya diagnostika i profilaktika rasprostranennыx urologicheskix zabolevaniy v usloviyax pervichnogo zvena zdravooxraneniya. diss.robota 2018.
UnsalA.et al. // J Endourol, 2013. Standard and tubeless mini-percutaneous nephrolithotomy: a randomized controlled trial. Arab Journal of Urology Volume 14, Issue 1, March 2013,
How to Cite

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial-NoDerivatives 4.0 International License.