TURLI GESTASION MUDDATLARDAGI PNEVMOPATIYALARDA O‘PKALARNI ALVEOLYAR TUZILMALARIDAGI PATOMORFOLOGIK O‘ZGARISHLAR
Abstrakt
Pnevmopatiyalarni turli shakllaridan vafot etgan xomila va chaqoloqlarning o‘pkalari alveolyar tuzilmalaridagi patomorfologik o‘zgarishlarda gestatsiya yoshini 22-28 xaftasida o‘pkalarida total atelektazlar, diapedez qon quyilishlar, bronxiolalar shilliq qatlami epiteliysini deskvamatsiyasi, 29-31 va 32-36 xaftalarida mayda tarqoq birlamchi atelektazlar, gialin membranalar, shish-gemorragik o‘zgarishlar, 38-40 xaftasida va yangi tug‘ilgan chaqoloqlarni 1-7 kunlik davrlarida shish-gemmorragik va atelektatik o‘zgarishlar, 8-28 kunlarida esa shish - gemorragik o‘zgarishlar ustunligi qayd etildi. Dolzarbligi: Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning nafas olish kasalliklari orasida pnevmopatiya alohida o‘rin tutadi [1, 2, 6]. YuNISEF tadqiqotlarida er yuzidagi ko‘plab davlatlarda pnevmopatiyalar o‘lik tug‘ilish va yangi tug‘ilgan noraso chaqoloqlarni o‘limiga sabab bo‘lishi qayd etilgan [3, 4, 5]. Tadqiqot maqsadi va vazifalari - gestatsion muddati turlicha bo`lgan xomilalar va yangi tug‘ilgan chaqoloqlardagi pnevmopatiyalarni turli shakllaridagi patomorfologik o‘zgarishlarni o‘rganish. Material va uslublar - Tadqiqotda 2020-2024 yillarda Andijon viloyati tug‘ruq komplekslarida pnevmopatiyalar bilan kasallanib nobud bo‘lgan xomila va yangi tug‘ilgan chaqoloqlarni o‘pkalari alveolyar tuzilmalari o‘rganildi. Tadqiqot natijalari: 18-22 xaftasida 3-tartibdagi respirator bronxiolalar, alveolyar tirqishlar va qopchalar xosil bo‘lishi, 3-tartibdagi bronxiolalarni alveolyar ko‘rinish olishi, fetal arteriyalar shakllanishi kuzatildi.
Mualliflar haqida
Adabiyotlar ro'yxati
Amonova G.U. Morphological aspects of the cranial structures of newborns who died from the atelectatic form of pneumopathy, by their length of life / /4th Congress of Pathologists of Uzbekistan with International Participation, dedicated to the 90th anniversary of Academician M.S. Abdullakhodjaev, November 28-29, 2022. - P. 176-177
Bogomazova I.M. Neonatal meconium aspiration: risk factors and features of adaptation of newborns / I.M. Bogomazova, A.M. Strizhakov, I.V. Ignatko et al. // Obstetrics, Gynecology and Reproduction. - 2018. - Vol. 12, No. 4. - P. 5-14.
Bokonbaeva S.D. and others. Etiology of respiratory distress syndrome in premature infants in Bishkek, Kyrgyz Republic. International Journal of Applied and Fundamental Research. - 2024. - No. 8 - P. 9-12.
Jumanov Z.E., Amonova G.U. Aspects of morphological changes in the cranial structures of newborns who died from the atelectatic form of pneumopathy // Journal Vestnik vracha. - Samarkand, 2022. - STR. 137-140
Tursunov H.Z. Respiratory distress syndrome in newborns and its prognosis aspect. Central Asian journal of medical and natural sciences. Volume: 03 Issue: 05 | Sep-Oct 2022 ISSN: 2660-4159. 348-354).
Dominguez M.C. Pulmonary atelectasis in newborns with clinically treatable diseases who are on mechanical ventilation: clinical and radiological aspects /M.C. Dominguez, B.R. Alvares // Radiol Bras. – 2018. - 51(1). – R. 20–25].
How to Cite

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial-NoDerivatives 4.0 International License.