GEMODIALIZDAGI BEMORLARDA OG`IZ BO`SHLIG`I KASALLIKLARI UCHRASHI, ETILOLOGIYASI, PATOGENEZI
Abstrakt
Kirish: Gemodializ (GD) – bu oxirgi bosqichdagi buyrak yetishmovchiligi bilan kasallangan bemorlarni davolashning eng asosiy usullaridan biri. Ushbu muolaja bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan bo‘lsa-da, uzoq muddatli gemodializ og‘iz bo‘shlig‘ida turli patologik o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin. Maqsad: Mazkur tadqiqotning maqsadi – gemodializdagi bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklari uchrash tezligini aniqlash, ushbu kasalliklarning patogenezini tahlil qilish. Material va uslublar: Tadqiqotga 158 nafar bemor jalb qilindi. Ularning 108 nafari gemodializ oluvchi bemorlar, 30 nafari buyrak yetishmovchiligi bilan kasallangan, lekin GD qilinmagan bemorlar, va 30 nafari sog‘lom shaxslar nazorat guruhi sifatida olindi. Tadqiqot davomida bemorlarning stomatologik holati klinik va laborator tahlillar orqali baholandi. Natijalar va muhokama: Tadqiqot natijalariga ko‘ra, gemodializdagi bemorlarning 70% ida og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklari kuzatildi. Xususan, kserostomiya (quruq og‘iz sindromi), gingivit, stomatit va mukozitning yuqori darajada uchrashi aniqlandi. Uremik toksinlar va elektrolit muvozanatining buzilishi bu patologik jarayonlarning rivojlanishida asosiy omil bo‘ldi. Xulosa: Gemodializdagi bemorlar orasida og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarining yuqori uchrash darajasi kuzatildi. Ushbu bemorlar uchun individual stomatologik parvarish dasturlarini ishlab chiqish zarur. Shu bilan birga, gidratatsiyani ta’minlash, og‘iz bo‘shlig‘ining antiseptik vositalar bilan yuvilishini tavsiya qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
Nashr sanasi
Mualliflar haqida
Adabiyotlar ro'yxati
Vasilyeva, N. A., & Klimov, D. V. (2018). Uremic stomatitis in patients with renal failure. Medical Bulletin, 16(2), 33–36.
Ivanov, S. A., & Smirnov, P. N. (2018). Periodontal changes in patients with chronic kidney disease. Dentistry, 97(3), 45–49.
Kuznetsova, E. G., & Orlova, T. I. (2020). The impact of metabolic disorders on oral health. Russian Dental Association, 28(1), 12–17.
Petrova, A. L., & Sidorov, I. E. (2019). The role of saliva in the diagnosis of dental diseases. Clinical Medicine, 45(2), 98–102.
Romanov, Yu. V., & Alekseeva, O. N. (2022). Comparative Analysis of Treatment Methods for Dental Diseases in Patients with CKD. Journal of Medical Research, 50(6), 54–59.
Semenov, A. Yu., & Vlasova, M. G. (2021). Xerostomia: Modern Approaches to Treatment. Dental Practice, 34(4), 18–21.
Tikhonov, E. V., & Andreev, D. A. (2020). Oral Hygiene in Patients on Hemodialysis. Dentistry of the XXI Century, 10(3), 22–26.
Bardow, A., Nyvad, B., & Nauntofte, B. (2001). Relationships between medication intake, dry mouth, and salivary flow. Archives of Oral Biology, 46(5), 413–423.
Bayraktar, G., Kazancioglu, R., & Bozfakioglu, S. (2007). Periodontal parameters in hemodialysis patients. Oral Diseases, 13(4), 393–397.
Bots, C. P., & Nieuw Amerongen, A. V. (2006). Oral and salivary changes in ESRD patients: A follow-up study. British Dental Journal, 200(1), 13–17.
How to Cite

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial-NoDerivatives 4.0 International License.