SURUNKALI BOSH OG‘RIQLARIDA PSIXOEMOTSIONAL HOLATNING BAHOLANISHI: HADS SHKALASI BO‘YICHA GURUHLARARO TAHLIL
Abstrakt
Mavzuning dolzarbligi. Bosh og‘rig‘i dunyo aholisi orasida keng tarqalgan kasalliklardan biri bo‘lib, migren, surunkali zo‘riqishdagi bosh og‘rig‘i va abuzusli bosh og‘riqlar bemorlarning hayot sifatini sezilarli darajada pasaytiradi. Ushbu tadqiqotda bosh og‘rig‘i turlariga qarab bemorlarning psixoemotsional holati baholandi. Tadqiqotning maqsadi bemorlarda xavotir va depressiya darajasini o‘rganish maqsadida HADS (Hospital Anxiety and Depression Scale) shkalasi qo‘llanilib, bosh og‘rig‘i turlari bilan bog‘liq psixologik o‘zgarishlar tahlil qilindi. Material va metodlar. Tadqiqotda 315 nafar bemor qatnashib, ular 4 guruhga bo‘lindi: aurali migren, aurasiz migren, surunkali zo‘riqishdagi bosh og‘rig‘i (SZBO) va abuzusli bosh og‘riq. Har bir bemorning xavotir va depressiya darajasi HADS shkalasi orqali baholandi va guruhlararo farqlar statistik tahlil qilindi. Natijalar va muhokama. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, xavotir va depressiya darajasi aurali migren va surunkali zo‘riqishdagi bosh og‘rig‘i guruhlarida yuqori ekanligi aniqlandi. Aurasiz migren guruhida esa subklinik depressiya holati boshqa guruhlarga nisbatan ko‘proq kuzatildi. Klinik xavotir va depressiya darajasi abuzusli bosh og‘riq guruhida ham yuqori bo‘lib, og‘riqning bemorlarning emotsional holatiga kuchli ta’sir o‘tkazishi aniqlandi. Xulosa. Bosh og‘rig‘i bilan og‘rigan bemorlarda ruhiy holatni baholash, psixologik qo‘llab-quvvatlash va xavotir hamda depressiyani kamaytirishga qaratilgan terapiyalarni joriy etish muhimdir. Migren va boshqa bosh og‘riq turlarini samarali davolashda nevrologik va psixologik yondashuvlar birgalikda qo‘llanishi zarur.
Mualliflar haqida
Adabiyotlar ro'yxati
Al-Hashel, J., Ashkanani, H., Almutairi, O., Bokubar, F., Mubarak, S., Alwazzan, S., Alroughani, R., Youssry, D., Ahmed, S. (2020). Onabotulinumtoxin A Improves Psychological Aspects in Chronic Migraine Patients. Frontiers in Neurology, 11.
Almarzooqi, S., Chilcot, J., & McCracken, L. (2017). The role of psychological flexibility in migraine headache impact and depression. Journal of contextual behavioral science, 6, 239-243.
Emadi, F., Sharif, F., Shaygan, M., Shaygan, M., Sharifi, N., & Ashjazadeh, N. (2019). Comparison of Pain-Related and Psychological Variables between Acute and Chronic Migraine Patients, and Factors Affecting Headache Chronicity. International Journal of Community Based Nursing and Midwifery, 7, 192-200.
Gandolfi, M., Donisi, V., Marchioretto, F., Battista, S., Smania, N., & Del Piccolo, L. (2019). A Prospective Observational Cohort Study on Pharmacological Habitus, Headache-Related Disability and Psychological Profile in Patients with Chronic Migraine Undergoing OnabotulinumtoxinA Prophylactic Treatment. Toxins, 11.
Golovacheva, V., Golovacheva, A., Romanov, D., & Volodarskaya, E. (2024). [Mental disorders, social and demographic characteristics of patients with chronic and episodic migraine]. Zhurnal nevrologii i psikhiatrii imeni S.S. Korsakova, 124(1), 94-101.
Karbowski, M., & Nowicka, A. (2024). Experiencing Migraine and the Assessment of the Quality of Life in the Context of Feeling Ressentiment Considering Causes for Increasing Depression and Anxiety. Kwartalnik Naukowy Fides et Ratio.
Mansueto, G., De Cesaris, F., Geppetti, P., & Cosci, F. (2018). Protocol and methods for testing the efficacy of well-being therapy in chronic migraine patients: a randomized controlled trial. Trials, 19.
Onur, O., Ertem, D., Uludüz, D., & Karşıdağ, Ç. (2017). Cognitive behavioral therapy for chronic migraine. European Psychiatry, 41, S500-S500.
Ramsden, C., Faurot, K., Zamora, D., Palsson, O., MacIntosh, B., Gaylord, S., Taha, A., Rapoport, S., Joseph, R., Davis, J., & Mann, J. (2016). Targeted alterations in dietary n-3 and n-6 fatty acids improve life functioning and reduce psychological distress among chronic headache patients: secondary analysis of a randomized trial.
Zampieri, M., Tognola, W., & Galego, J. (2014). Patients with chronic headache tend to have more psychological symptoms than those with sporadic episodes of pain. Arquivos de neuro-psiquiatria, 72(8), 598-602.
How to Cite

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial-NoDerivatives 4.0 International License.