BOLALARDA ATOPIK DERMATIT BILAN ASSOTSIYATSIYALANGAN BRONXIAL ASTMANING XORAZM HUDUDIDA YASHOVCHI BOLALARDA O‘ZIGA XOSLIGI
Abstrakt
Bronxial astma va atopik dermatit bolalardagi surunkali allergik kasalliklar orasida etakchi o’rinni egallaydi. Ularning tarqalishi butun dunyoda barqaror o’sish tendentsiyasiga ega bo’lib, bu ekologik vaziyatning o’zgarishi, turmush tarzi va urbanizatsiya ta’siri bilan izohlanadi. Tadqiqot maqsadi: Xorazm viloyatida yashovchi bolalarda bronxial astma va atopik dermatitning komorbid kechishining kliniko-immunologik va mintaqaviy xususiyatlarini o’rganish. Materiallar va usullar. Tadqiqot Xorazm viloyatining pediatriya bo’limlarida va Toshkent davlat tibbiyot universiteti bolalar kasalliklari kafedrasi bazasida o’tkazildi. Tadqiqotga 6 yoshdan 15 yoshgacha bo’lgan, Xorazm viloyatida istiqomat qiluvchi 120 nafar bola kiritildi. Natijalar. Tadqiqot natijalari shuni ko’rsatdiki, komorbid kechishga ega bolalarda bronxial astmaning boshlanish yoshi o’rtacha 5,2 ± 0,8 yoshni tashkil etdi, bu izolyatsiyalangan astmaga ega bolalarnikidan (7,1 ± 0,9 yosh, p < 0,05) ancha ertaroqdir. BА+АD bo’lgan bemorlarda tungi yo’tal xurujlari soni yuqori bo’ldi (o’rtacha 5,6 marta/oyda), izolyatsiyalangan BА guruhida esa 3,1 marta/oyda. Shu bilan birga, yil davomida obostreniyalar soni ham ko’proq bo’lib, 3,8 ± 0,6 ni tashkil etdi, izolyatsiyalangan BАda esa 2,1 ± 0,4 (p < 0,01) bo’ldi. Xulosa. Xorazm viloyati bolalarida bronxial astma va atopik dermatitning komorbid kechishi kasallikning ertaroq boshlanishi, chasta obostreniyalar va Th2-immun javobining ustunligi bilan kechuvchi immunologik disbalans bilan tavsiflanadi. Bu esa og’ir, retsidivchi kechishni shakllantiradi va individuallashtirilgan davolash yondashuvini talab etadi.
Nashr sanasi
Mualliflar haqida
Adabiyotlar ro'yxati
Мельникова К. С., Кувшинова Е. Д., Ревякина В. А. Аллергические заболевания в раннем возрасте //Педиатрия. Consilium Medicum. – 2021. – №. 2. – С. 141-145.
Миррахимова М., Курбанова Д. Особенности коморбидного течения атопического дерматита у детей //Педиатрия. – 2023. – Т. 1. – №. 1. – С. 47-50.
Себекина О. В. и др. Биологическая терапия у пациента с тяжелым атопическим дерматитом. клинический случай //Практическая аллергология. – 2021. – №. 1. – С. 38-46.
Costa D. J. et al. Efficacy and safety of the probiotic Lactobacillus paracasei LP-33 in allergic rhinitis: a double-blind, randomized, placebo-controlled trial (GA2LEN Study) //European journal of clinical nutrition. – 2014. – Т. 68. – №. 5. – С. 602-607.
Ghaini M. et al. The prevalence of atopic manifestations in 313 Iranian patients with inborn errors of immunity //International Archives of Allergy and Immunology. – 2021. – Т. 182. – №. 11. – С. 1122-1126.
Pacheco S. E., Stark J. M. Pulmonary manifestations of immunodeficiency and immunosuppressive diseases other than human immunodeficiency virus //Pediatric Clinics. – 2021. – Т. 68. – №. 1. – С. 103-130.
Pan P. Y., Tammimies K., Bölte S. The association between somatic health, autism spectrum disorder, and autistic traits //Behavior Genetics. – 2020. – Т. 50. – №. 4. – С. 233-246.
Sala R. et al. Bridging the gap between physical health and autism spectrum disorder //Neuropsychiatric Disease and Treatment. – 2020. – С. 1605-1618.
Salameh M. et al. The role of gut microbiota in atopic asthma and allergy, implications in the understanding of disease pathogenesis //Scandinavian journal of immunology. – 2020. – Т. 91. – №. 3. – С. e12855.
Zhu T. H. et al. Epithelial barrier dysfunctions in atopic dermatitis: a skin–gut–lung model linking microbiome alteration and immune dysregulation //British Journal of Dermatology. – 2018. – Т. 179. – №. 3. – С. 570-581.
How to Cite

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial-NoDerivatives 4.0 International License.