POST-COVID DAVRIDA BRONXIAL ASTMALI BOLALARDA KLINIK-LABORATOR KO‘RSATKICHLAR O‘ZGARISHLARI VA ULARNING O‘ZARO BOG‘LIQLIGI

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Аnnotatsiya. COVID-19 pandemiyasi ko’plab surunkali kasalliklarning klinik kechishini sezilarli darajada o’zgartirdi. Аksariyat bolalarda infektsiya nisbatan engil kechishiga qaramay, post-COVID davrida bronxial astma bilan og’rigan bemorlarda funktsional buzilishlar, immun disbalans va biokimyoviy o’zgarishlar ko’proq uchramoqda. Bu o’zgarishlar kasallik og’irligiga, xurujlar tez-tez takrorlanishiga va bazis terapiya samaradorligiga ta’sir ko’rsatishi mumkin. Tadqiqot maqsadi: post-COVID davrida bronxial astma bilan kasallangan bolalarda klinik va laborator ko’rsatkichlarni hamda ularning korrelyatsion bog’liqliklarini aniqlash. Materiallar va usullar. COVID-19 infektsiyasini o’tkazgan bronxial astma (BА) bilan kasallangan bolalarning immun holatini har tomonlama o’rganish maqsadida klinik-laboratoriya tadqiqoti o’tkazildi. Unga yoshi 7 dan 15 yoshgacha bo’lgan 135 nafar bola jalb etildi. Barcha bemorlar pediatriya statsionar va ambulator bo’limlari sharoitida kuzatuvda bo’ldilar. Natijalar va muhokama. Hirillash davomiyligi bilan kaliy (K⁺) o’rtasida o’rtacha kuchli bog’liqlik topildi (r = +0,57), kaltsiy (Ca²⁺) bilan esa kuchsiz teskari bog’liqlik kuzatildi (r = –0,37). Yillik xurujlar soni kaltsiy bilan salbiy korrelyatsiyaga ega edi (r = –0,42), ammo kaliy (r = +0,80) va fosfor (P) (r = +0,71) bilan kuchli ijobiy bog’liqlik aniqlandi. Bu natijalar BА klinik belgilari kaliy va fosfor kabi mikroэlementlar bilan to’g’ridan-to’g’ri bog’liqligini va kasallik kechishini og’irlashtirishi mumkinligini ko’rsatadi. Barcha guruhlarda kaliy va fosfor o’rtasida ijobiy bog’liqlik kuzatildi, og’ir BА holatlarida esa koэffitsientlar yuqoriroq bo’ldi (r = 0,78 va r = 0,65). Xulosa. Аniqlangan mikroэlement o’zgarishlari ularning bronxial astma patogenezidagi ahamiyatini tasdiqlaydi, ayniqsa virusli infektsiya sharoitida, va ularni kasallik og’irligining qo’shimcha markerlari hamda terapiya samaradorligini baholash mezonlari sifatida qarash mumkin.

Mualliflar haqida

Adabiyotlar ro'yxati

Aldakheel F. M. Allergic diseases: a comprehensive review on risk factors, immunological mechanisms, link with COVID-19, potential treatments, and role of allergen bioinformatics //International journal of environmental research and public health. – 2021. – Т. 18. – №. 22. – С. 12105.

Boechat J. L. et al. COVID-19 and pediatric asthma: clinical and management challenges //International journal of environmental research and public health. – 2021. – Т. 18. – №. 3. – С. 1093.

Chang T. M. et al. Asthma control associated with anxiety and depression in asthmatic children following post‐acute COVID‐19 //Pediatric Allergy and Immunology. – 2024. – Т. 35. – №. 6. – С. e14168.

da Silva Alves C., Baptista Pestana R., Morais-Almeida M. Recent insights into the impacts of COVID-19 on pediatric asthma //Expert Review of Clinical Immunology. – 2024. – Т. 20. – №. 11. – С. 1347-1366.

Di Riso D. et al. Psychosocial impact of Covid-19 outbreak on Italian asthmatic children and their mothers in a post lockdown scenario //Scientific Reports. – 2021. – Т. 11. – №. 1. – С. 9152.

Esmaeilzadeh H. et al. Persistent cough and asthma-like symptoms post COVID-19 hospitalization in children //BMC infectious diseases. – 2022. – Т. 22. – №. 1. – С. 244.

Ramadan S. et al. Pre and post‐COVID 19 infection pulmonary functions in children with chronic respiratory disease: A case series //Respirology Case Reports. – 2023. – Т. 11. – №. 1. – С. e01077.

Su P., Jiang C., Zhang Y. The implication of infection with respiratory syncytial virus in pediatric recurrent wheezing and asthma: knowledge expanded post-COVID-19 era //European Journal of Clinical Microbiology & Infectious Diseases. – 2024. – Т. 43. – №. 3. – С. 403-416.

Vasichkina E. et al. COVID-19 heart lesions in children: clinical, diagnostic and immunological changes //International Journal of Molecular Sciences. – 2023. – Т. 24. – №. 2. – С. 1147.

Votto M. et al. Safety of biological therapy in children and adolescents with severe asthma during the COVID-19 pandemic: a case series //Acta Bio Medica: Atenei Parmensis. – 2022. – Т. 93. – №. Suppl 3. – С. e2022053.

How to Cite

1.
Khalmatova B, Tashmatova G. POST-COVID DAVRIDA BRONXIAL ASTMALI BOLALARDA KLINIK-LABORATOR KO‘RSATKICHLAR O‘ZGARISHLARI VA ULARNING O‘ZARO BOG‘LIQLIGI. MSU [Internet]. 2025 Dec. 11 [cited 2025 Dec. 13];(6):94-100. Available from: http://fdoctors.uz/index.php/journal/article/view/229
Ko'rishlar soni: 11