ZAMONAVIY SHAROITDA BOLALARDA PNEVMONIYA KECHISHINING ANAMNESTIK OMILLARGA BOGʻLIQ XUSUSIYATLARI

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Dolzarbligi. Pnevmoniya — polietiologik kasallik boʻlib, xavf darajasi va ogʻirligi qoʻzgʻatuvchi, yosh va hamroh omillarga bogʻliq. Shu bilan birga, ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik sharoitlar ham muhim rol oʻynaydi. Pnevmoniya etiologiyasi iqlim-geografik holat, mavsumiylik va emlash darajasiga qarab oʻzgaradi, biroq ayrim qonuniyatlar doimiy saqlanib qoladi — 2 yoshgacha boʻlgan bolalarda virusli shakllar ustunlik qiladi, bakterial pnevmoniyalar esa ogʻir kechishda yoki aralash (mikset) infeksiyalarda uchraydi. Tadqiqot maqsadi  3 oydan 3 yoshgacha boʻlgan bolalarda o‘tkir pnevmoniya kechishiga ta’sir etuvchi anamnestik xavf omillarini o‘rganish. Materiallar va tadqiqot usullari. Tadqiqot Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti qoshidagi 2-klinikada olib borildi. 2025-yil yanvardan sentyabrgacha boʻlgan davrda 3 oydan 3 yoshgacha boʻlgan 110 nafar bolalarning (66 nafar oʻgʻil bola — 55,0% va 54 nafar qiz bola — 45,0%) stasionar tibbiy kartalari pro- va retrospektiv tahlil qilindi.


Tadqiqot natijalari. Stasionar kartalar va ota-onalar so‘rovnomasining tahlili natijasida aniqlanishicha, 3 oydan 3 yoshgacha boʻlgan bolalarning 90% da yiliga 3 martadan ortiq oʻtkir respirator infeksiyalar (OʻRI) kuzatilgan. Ulardan 60% birinchi guruhga, 30% esa ikkinchi guruhga mansub boʻlib, ular stasionarga ogʻir ahvolda yotqizilgan. Bu holat endogen intoksikatsiya, nafas yetishmovchiligi, gemodinamika va mikrosirkulyatsiya buzilishlari bilan izohlanadi. Ko‘pchilik bemorlarda pnevmoniya keskin boshlanib, erta kasalxonaga yotqizilgan. 1-guruhdagi 98,3% bola kasallik boshlanganidan 3–5 kun ichida shifoxonaga yotqizilgan, ularning 50% da ilgari O‘RI kuzatilgan. 2-guruhda 53,4% bola 5–7 kunlarda, 46,6% esa 10-kuni murojaat qilgan. Pnevmokokk infeksiyasiga qarshi emlash qamrovi tahlilida: 1-guruhda 24 nafar (37,5%) bola milliy kalendar boʻyicha toʻliq emlangan (Pnevmo-1, Pnevmo-2, Pnevmo-3); 12 nafar (18,7%) faqat birinchi dozani olgan (Pnevmo-1); 19 nafar (29,6%) ikki dozani (Pnevmo-2 va Pnevmo-3); 9 nafar (14,6%) esa uchinchi dozasini (Pnevmo-3) olgan. 2-guruhda esa: 19 nafar (33,9%) bola toʻliq emlangan (Pnevmo-1, Pnevmo-2, Pnevmo-3); 25 nafar (44,6%) ikki dozani; 7 nafar (12,5%) esa faqat bir dozani olgan. Yuqori emlash qamrovi mamlakatda profilaktik choralarning samarali olib borilayotganini koʻrsatadi. Biroq emlashning toʻliq bajarilmasligi erta yoshdagi bolalarda ogʻir pnevmoniya va qaytalanuvchi bronxit rivojlanish xavfini saqlab qoladi. Xulosa. Shunday qilib, bolalarda pnevmoniya kechishi koʻp omilli (multifaktorial) tabiatga ega boʻlib, bunda perinatal asoratlar, ovqatlanish xususiyatlari, immun holati va hamroh somatik kasalliklar muhim ahamiyat kasb etadi. Aniqlangan qonuniyatlar pnevmoniya ogʻirligini prognoz qilish, profilaktik chora-tadbirlarni takomillashtirish hamda individual terapevtik yondashuvni shakllantirish imkonini beradi.

Mualliflar haqida

Adabiyotlar ro'yxati

Асроров А.А. Диагностические методы пневмонии в Узбекистане // Scholastic: Journal of Natural and Medical Education. — Узбекистан, 2023. — № 2. — С. 45–50. URL: https://journal.univerpublishing.org/index.php/scholastic/article/view/270 (дата обращения: 02.10.2025).

Абдурахмонов З.Н., Шарипова О.А., Самиев Б.С. Клинические особенности вегетативных проявлений у детей раннего возраста с острой пневмонией // Health & Medical Sciences. — Узбекистан, 2023. — № 4. — С. 22–29. URL: https://digital-science.pubmedia.id/index.php/phms/article/view/215 (дата обращения: 02.10.2025).

Бакрадзе М.Д., Гадлия Д.Д., Рогова О.А. О проблемах диагностики и лечения пневмоний у детей. Педиатрическая фармакология 2015; 12(3): 71–76.

Баранов А.А., Намазова-Баранова Л.С., Мазанкова Л.Н. Пневмония у детей: современные представления о диагностике и лечении // Вопросы современной педиатрии. — 2021. — Т. 20, № 1. — С. 7–16.

ВОЗ. Стационарная помощь детям. Руководство по лечению распространённых детских болезней. 2-е изд. ВОЗ ERB 2014. https://www.who.int/maternal_child_adolescent/doc-uments/child_hospital_care/en/

Геппе Н.А., Пухальская Е.В. Современные аспекты этиологии и терапии внебольничных пневмоний у детей // Педиатрия. Журнал им. Г.Н. Сперанского. — 2020. — Т. 99, № 4. — С. 34–40.

Зайцева С.В., Белоусова Т.В. Особенности течения бактериальных и вирусных пневмоний у детей раннего возраста // Российский вестник перинатологии и педиатрии. — 2021. — Т. 66, № 3. — С. 47–52.

Ибатова Ш.М., Эргашев А.Х., Маматкулова Ф.Х. Особенности течения внебольничной пневмонии у детей // Eurasian Medical Research Periodical (EMRP). — Узбекистан, 2023. — № 7. — С. 68–75. URL: https://geniusjournals.org/index.php/emrp/article/view/5024 (дата обращения: 02.10.2025).

Куличенко Т.В., Байбарина Е.Н., Баранов А.А. Оценка качества стационарной помощи детям в регионах Российской Федерации. Вестник РАМН 2016; 71(3): 214–223.

Таточенко В.К. Болезни органов дыхания у детей. М.: Боргес, 2019; 300.

Щербак И.В., Сухорукова М.В. Резистентность возбудителей пневмоний у детей: клиническое значение и подходы к терапии // Инфекционные болезни. — 2019. — Т. 17, № 2. — С. 85–92.

Bradley J.S., Byington C.L., Shah S.S. The Management of Community-Acquired Pneumonia in Infants and Children Older Than 3 Months of Age // Clinical Infectious Diseases. — 2019. — Vol. 68(6). — P. e1–e50.

Copete AR, Vera C., Herrera M., Aguilar YA, Rueda ZV, Vélez LA. Mycoplasma pneumoniae у детей с внебольничной пневмонией и без неё. Что показывают ПЦР и серология? Pediatr Infect Dis J 2020; 39(7): e104–e108. DOI: 10.1097/INF.0000000000002636

Cherian T., Mulholland E.K. Etiology of pneumonia in children: A systematic review // Bulletin of the World Health Organization. — 2019. — Vol. 97(7). — P. 457–471.

Korppi M., Heiskanen-Kosma T. Bacterial and viral pneumonia in children: epidemiology and etiology // Paediatric Respiratory Reviews. — 2020. — Vol. 35. — P. 72–79.

Jain S., Williams D.J., Arnold S.R. Community-Acquired Pneumonia Requiring Hospitalization among U.S. Children // New England Journal of Medicine. — 2015. — Vol. 372(9). — P. 835–845.

World Health Organization Pneumonia [Internet resource, who.int] - 2019. https://www.who.int/news-room/fact-sheets/detail/pneumonia.

How to Cite

1.
Toshmetova B, Kur’yazova S, Khudaynazarova S. ZAMONAVIY SHAROITDA BOLALARDA PNEVMONIYA KECHISHINING ANAMNESTIK OMILLARGA BOGʻLIQ XUSUSIYATLARI. MSU [Internet]. 2025 Dec. 11 [cited 2026 Feb. 13];(6):87-93. Available from: http://fdoctors.uz/index.php/journal/article/view/228
Ko'rishlar soni: 76

Ushbu muallif(lar)ning eng koʻp oʻqilgan maqolalari