MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA QAYTALANUVCHI OBSTRUKTIV BRONXITNING ZAMONAVIY KECHISHI VA VITAMIN D HOLATINING O‘RNI

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Dolzarbligi. Qaytalanuvchi obstruktiv bronxit (QOB) — bu bronxlar shilliq va ostki shilliq qavatlarining takrorlanuvchi yallig‘lanish epizodlari bilan kechuvchi yallig‘lanish kasalligi bo‘lib, bronxial obstruksiya shish, gipersekresiya va silliq mushaklarning spazmi natijasida rivojlanadi. QOB maktabgacha yoshdagi bolalarda kasallanishning yetakchi sabablaridan biri bo‘lib qolmoqda. Maqsad. Maktabgacha yoshdagi bolalarda qaytalanuvchi obstruktiv bronxitning (QOBB) klinik xususiyatlarini o‘rganish va qon zardobidagi 25(OH)D darajasi bilan xurujlar chastotasi o‘rtasidagi bog‘liqlikni baholash. Materiallar va usullar. Tadqiqotga QOB tashxisi qo‘yilgan 50 nafar maktabgacha yoshdagi bola jalb etildi. Klinik, laborator va instrumental tekshiruvlar, shuningdek, vitamin D iste’moli va atrof-muhit omillari haqidagi ma’lumotlar to‘plandi. Natijalar. Tadqiqotda qaytalanuvchi obstruktiv sindromli 50 nafar bola ishtirok etdi. Qon zardobidagi vitamin D faolligi darajasiga qarab ishtirokchilar uch guruhga bo‘lindi: 1-guruh — vitamin D tanqisligi bo‘lgan bolalar (n = 15; 30,0%), 25(OH)D darajasi 17,6 ± 1,2 ng/ml; 2-guruh — vitamin D yetishmovchiligi bo‘lgan bolalar (n = 19; 44,0%), o‘rtacha daraja 24,6 ± 1,2 ng/ml; 3-guruh — vitamin D darajasi me’yorda bo‘lgan bolalar (n = 16; 32,0%), konsentratsiya 30,6 ± 1,2 ng/ml. Ishtirokchilarning o‘rtacha yoshi 4,2 ± 1,1 yoshni tashkil etdi (mediana — 4,0 yosh); 28 nafari (56%) o‘g‘il bolalar, 22 nafari (44%) esa qiz bolalar edi. Vitamin D darajasi past bo‘lgan bolalarda xurujlar tez-tez qayd etildi. 25(OH)D darajasi bilan yil davomida kuzatilgan epizodlar soni o‘rtasida statistik ahamiyatli teskari korrelyatsiya aniqlandi (r = –0,45, p < 0,01). 25(OH)D < 20 ng/ml bo‘lgan bolalarda o‘rtacha yillik xurujlar soni 5,2 ± 1,3 ta, 25(OH)D ≥ 30 ng/ml bo‘lganlarda esa 3,1 ± 1,1 ta edi (p = 0,002). Vitamin D tanqisligi maktabgacha yoshdagi bolalarda obstruktiv xurujlar xavfining oshganligini ko‘rsatuvchi marker bo‘lishi mumkin. Shuning uchun 25(OH)D darajasini aniqlash klinik amaliyotda tavsiya etiladi va zarur hollarda uni to‘ldirish bo‘yicha choralar ko‘rilishi lozim. Xulosa. Tadqiqotimiz natijalariga ko‘ra, qaytalanuvchi obstruktiv bronxit bilan og‘rigan maktabgacha yoshdagi bolalarda 25(OH)D darajasi past bo‘lganda xurujlar soni ortadi, kasallik og‘irroq kechadi va shifoxonaga yotqizilish ehtimoli yuqori bo‘ladi. Ushbu ma’lumotlar vitamin D yetishmovchiligi bolalarda nafas yo‘llari obstruktiv kasalliklarining qaytalanish patogenezida muhim rol o‘ynashi mumkinligini ko‘rsatadi. Ushbu gipotezani tasdiqlash uchun yirik prospektiv, randomizatsiyalangan tadqiqotlar talab etiladi. Amaliyotda esa og‘ir yoki qaytalanuvchi QOB kechuvchi bolalarda vitamin D darajasini baholash diagnostik va profilaktik algoritmga kiritilishi tavsiya etiladi.

Mualliflar haqida

Adabiyotlar ro'yxati

Абдукадирова Н. Б Железодефицитные анемии у детей различного возраста на фоне заболеваний желудочно-кишечного тракта // Doktor axborotnomasi. — 2025. — № 1.1 (118). — С. 10-13

М. В. Лим, Н. М. Шавази — «Влияние показателей микроклимата в лечении и профилактике рецидивирующих обструктивных бронхитов у детей». Доктор ахборотномаси № 4 (108), 2022.

Хусаинова Ш.К., Мухаммадиева Л.А., Кулдашев С.Ф. — «Современные аспекты рецидивирующего бронхита у детей». Кардиореспиратор тадқиқотлар журнали, специальный выпуск. 2022. С 230-238

Хакимниязова Г. Современные методы исследования железодефицитной анемии у детей // Журнал академических исследований нового Узбекистана. — 2025. — Том 2, № 2. — С. 162-164

Шерматов Р.М., Солиев Б., Атаджанова Д.Ш.

Особенности клинического течения железодефицитной анемии у детей раннего возраста // Klinik va profilaktik tibbiyot jurnali. — 2023. — № 4. — С. 101-108.

Azizova N.D., Kabilova D.K., Zokirov B.K. — «Risk Factors and Clinical Features of Recurrent Bronchitis in Children». International Journal of Medical Sciences, 2025

Kabilova D.K., Azizova N.D., Zokirov B.K. — «Recurrent Bronchitis in Children: Clinical Features and Immunological Predisposition». International Journal of Artificial Intelligence, 2025.

Martineau AR, Jolliffe DA, Hooper RL, Barnes NC, Greiller CL, et al. Vitamin D supplementation to prevent acute respiratory infections: a systematic review and meta-analysis. Lancet Diabetes Endocrinol. 2021;9(5):276–292.

Hibbs AM, Ross K, Kerns LA, et al. Effect of vitamin D supplementation on recurrent wheezing in black infants: the D-Wheeze RCT. JAMA. 2018;319(20):2086–2094.

Optimal methods of vitamin D supplementation to prevent acute respiratory tract infections: systematic review and meta-analysis. Nutrition Journal.

Jolliffe DA, Camargo CA Jr, Sluyter JD, Aglipay M, Aloia JF, Ganmaa D, Bergman P, et al. Vitamin D supplementation to prevent acute respiratory infections: systematic review and meta-analysis of aggregate data from randomised controlled trials. medRxiv [Preprint]. 2020 Nov 25:2020.07.14.20152728. doi: 10.1101/2020.07.14.20152728

Lanham-New S.A., Webb A.R., Cashman K.D. et al. Vitamin D and the SARS-CoV-2/COVID-19 virus. BMJ Nutrition, Prevention & Health 2020. - PMC - PubMed

How to Cite

1.
Kuryazova S, Ilkhomova K, Erkinova G. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA QAYTALANUVCHI OBSTRUKTIV BRONXITNING ZAMONAVIY KECHISHI VA VITAMIN D HOLATINING O‘RNI. MSU [Internet]. 2025 Dec. 11 [cited 2025 Dec. 14];(6):48-52. Available from: http://fdoctors.uz/index.php/journal/article/view/212
Ko'rishlar soni: 9

Ushbu muallif(lar)ning eng koʻp oʻqilgan maqolalari