O‘SMIR YOSHDAGI QIZLARDA SIYDIK AJRATISH TIZIMI INFEKSIYALARINING XAVF OMILLARI VA XUSUSIYATLARI

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Dolzarbligi. O‘smir qizlardagi siydik-tanosil tizimi infeksiyalari bolalik davridagi eng keng tarqalgan kasalliklar qatoriga kiradi va nafas yo‘llari infeksiyalaridan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Patologiyaning qo‘shma shakllari alohida ahamiyatga ega bo‘lib, bunda siydik yo‘llari infeksiyasi turli somatik va funksional buzilishlar fonida rivojlanadi. Bu retsidivlar chastotasining oshishiga, yallig‘lanish jarayonining surunkalashuviga va bemorlarning hayot sifatining pasayishiga olib keladi. Ushbu tadqiqot o‘smir qizlarda siydik-tanosil tizimi infeksiyalarida qo‘shma patologiyalarning xavf omillarini tahlil qilishga bag‘ishlangan bo‘lib, bu asoratlarni erta aniqlash va oldini olishda muhim ahamiyatga ega. Tadqiqotning maqsadi. Siydik ajratish tizimi infeksiyasining qo‘shma patologiyalari bo‘lgan o‘smir qizlarda xavf omillarining xususiyatlarini o‘rganish. Materialы i metodы. Tadqiqotga ToshDTU-2 klinikasining urologiya va bolalar ginekologiyasi bo‘limida statsionar davolangan 10 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan 50 nafar bemor kiritilgan. Barcha bemorlar kengaytirilgan anamnez yig‘ish (shu jumladan perinatal va ginekologik), klinik ko‘rik, laboratoriya tekshiruvlari (umumiy siydik tahlili, qo‘zg‘atuvchi titrini aniqlash bilan siydikning bakteriologik tekshiruvi), najasning koprologik va mikrobiologik tekshiruvi; qorin bo‘shlig‘i va kichik tos a’zolarining ultratovush tekshiruvi kabilarni o‘z ichiga olgan yagona protokol bo‘yicha kompleks tekshiruvdan o‘tkazildi. Natijalar va muhokama. Bemorlar yoshi va aniqlangan patologiyaning tabiatiga qarab ikki guruhga bo‘lingan. I guruhga 10 yoshdan 13 yoshgacha bo‘lgan qizlar (n = 30; 60,0%). Ulardan 18 (60%) nafarida siydik ajratish tizimining alohida kasalliklari, 12 (40%) nafarida esa siydik ajratish va jinsiy a’zolar tizimining qo‘shma patologiyalari aniqlangan. O‘smir qizlarda somatik va ginekologik patologiyali IMVSning birga kechishi yanada yaqqol klinik ko‘rinishlar, retsidivlarning yuqori chastotasi, buyraklarning strukturaviy o‘zgarishlari (UTT ma’lumotlariga ko‘ra: surunkali piyelonefrit - 32,5%, reflyuks-nefropatiya - 27,5%) va metabolik siljishlar (anemiya - 86,3%) mavjudligi bilan tavsiflanadi. Olingan ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, IMVS xavfi va og‘irligi bevosita qo‘shma buzilishlarga - somatik, gormonal va mikrobiologik, shuningdek, erta perinatal omillarga bog‘liq. Bu esa bunday bemorlarni olib borishda kompleks fanlararo yondashuv zarurligini belgilaydi. Xulosa. Somatik va ginekologik kasalliklar qo‘shilgan qizlarda IMVS og‘irroq kechadi, 1,9 ± 0,3 ga qarshi 3,4 ± 0,6 tez-tez takrorlanadi, p < 0,001) va aniqroq klinik belgilar bilan tavsiflanadi. Siydik ajratish tizimi infeksiyalariga moyillikning shakllanishiga antenatal va perinatal xavf omillari sezilarli ta’sir ko‘rsatadi (57,1% ga nisbatan 20,0%, r < 0,05). Klinik ko‘rinishlar orasida bel sohasidagi og‘riqlar, dizuriya, subfebrilitet, shuningdek, urogenital yallig‘lanish belgilari ustunlik qiladi (vulvovaginitlar - 34,9%, adneksitlar - 2,4%). Mikrobiologik tahlil bakteriuriya va qindagi disbiotik o‘zgarishlarning yuqori chastotasini ko‘rsatdi, qo‘zg‘atuvchilar 38% hollarda bir-biriga to‘g‘ri keldi, bu yuqtirishning ko‘tarilish yo‘lini tasdiqlaydi. Hayz funksiyasining buzilishi va endokrin-metabolik o‘zgarishlar (oligomenoreya, algodismenoreya, TPKS, semizlik) surunkali yallig‘lanish jarayonining saqlanishida muhim rol o‘ynaydi.

Mualliflar haqida

Adabiyotlar ro'yxati

Ахмади З., Шамси М., Рузбахани Н., Морадзаде Р. Влияние образовательной программы вмешательства на формирование профилактических мер в отношении инфекций мочевыводящих путей у девочек: рандомизированное контролируемое исследование. BMC Pediatr. 2020;20(1):79. DOI: https://doi.org/10.1186/s12887-020-1981-x

Караченцова И.В., Сибирская Е.В., Фомина М.М. Вульвовагиниты в практике гинеколога детского и юношеского возраста. Педиатрическая фармакология. 2023;20(3):247-251. https://doi.org/10.15690/pf.v20i3.2583

Канашвили С.М., Пискунова Т.С. Современные аспекты диагностики и терапии инфекций мочевой системы у детей. – М.: ГЭОТАР-Медиа, 2021. – 176 с.

Кузнецова И.В., Шабалина С.В. Инфекции мочевой системы у девочек: особенности течения и диагностики // Российский вестник перинатологии и педиатрии. – 2021. – Т. 66, №4. – С. 58–64.

Кауфман Дж., Темпл-Смит М., Санчи Л. Инфекции мочевыводящих путей у детей: обзор диагностики и лечения. BMJ Paediatr Open 2019;3:e000487.

Нечаева О.Б., Васильева Е.В. Роль перинатальных факторов в формировании заболеваний мочевой системы у детей // Педиатрия. – 2019. – № 98(4). – С. 34–39.

Соловьёв А.А., Никулина Н.Н. Анатомо-физиологические предпосылки развития ИМП у девочек подросткового возраста // Российский вестник перинатологии и педиатрии. – 2020. – Т. 65. – № 4. – С. 62–67.

Хакимова Д.А., Ахмедова Ш.Р. Урогенитальные инфекции у девочек подросткового возраста // Педиатрия Узбекистана. – 2022. – №3. – С. 42–47.

Anjalatchi Muthukumaran. A Study to Assess the effectiveness of Structured Teaching Programme on Knowledge regarding Vaginitis and its prevention among Adolescent Girls in Higher Secondary School, Satna (M.P.)Article in International Journal of Nursing Education and Research, published March 2025 DOI.10.18231/j.ijnmhs.2023.008

Huttner A., et al. Urinary tract infections in adolescents: current challenges and management strategies // Pediatr Infect Dis J. – 2022. – Vol. 41(2). – P. 85–92.

Keren R. et al. Risk factors for recurrent urinary tract infection in children. Pediatrics. 2015;136(1):e13–e21.

Sekirov I. et al. Gut microbiota in health and disease. Physiol Rev. 2010;90(3):859–904.

Srivastava S. SAnalytical study of urinary tract infection in adolescent girls. International Journal of Reproduction, Contraception, Obstetrics and Gynecology, . (2018). 7(4), 1385–1388. https://doi.org/10.18203/2320-1770.ijrcog20181024

How to Cite

1.
Kuryazova S, Alyaviya M, Samadova D. O‘SMIR YOSHDAGI QIZLARDA SIYDIK AJRATISH TIZIMI INFEKSIYALARINING XAVF OMILLARI VA XUSUSIYATLARI. MSU [Internet]. 2026 Jan. 23 [cited 2026 Feb. 1];(6):42-7. Available from: http://fdoctors.uz/index.php/journal/article/view/211
Ko'rishlar soni: 25

Ushbu muallif(lar)ning eng koʻp oʻqilgan maqolalari