MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA ANEMIYA PAYTIDA SIMPTOMOKOMPLEKSLARNING NAMOYON BO‘LISH XUSUSIYATLARI
Abstrakt
Dolzarbligi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda uchraydigan anemiya pediatriyada muhim tibbiy va ijtimoiy muammo bo‘lib, u bolaning jismoniy va kognitiv rivojlanishiga, infeksiyalarga qarshilikka hamda surunkali kasalliklarning shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi (Ibragimova va boshq., 2020; Rakhimova va boshq., 2021). Vitamin va mikroelement yetishmovchiligi fonida kechuvchi yashirin (belgisiz) anemiya asosan 3–7 yosh oralig‘idagi bolalarda uchraydi. Maqsad. Maktabgacha yoshdagi bolalarda turli darajadagi anemiyada klinik simptomokomplekslarning namoyon bo‘lish xususiyatlarini o‘rganish. Materiallar va usullar. Tadqiqotga 3–7 yoshdagi 50 nafar jamoada orttirilgan pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan bola jalb etildi. Barcha bemorlar Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti kampus-2 klinikasining pulmonologiya bo‘limida kuzatuv va davolanishda bo‘lgan. Natijalar. Turli darajadagi anemiyasi bo‘lgan 50 nafar maktabgacha yoshdagi bolaning klinik-laborator ma’lumotlari tahlil qilindi. Ulardan 28 nafari (56%) o‘g‘il, 22 nafari (44%) qiz bolalar edi. O‘rtacha yosh 3,5 ± 1,3 yoshni tashkil etdi. 3–4 yoshli bolalar orasida o‘g‘il bolalar 58,6%, qizlar 41,4% ni, 5–7 yoshli guruhda esa o‘g‘il bolalar 65,5%, qizlar 34,5% ni tashkil etdi. Tibbiy hujjatlar va ona so‘rovi asosida 34,5% bolalar to‘liq muddatda tug‘ilgan (3050 ± 53 g), 25,6% muddatidan avval (2010 ± 25,6 g) va 25,3% kam vaznli (900 ± 180 g) bo‘lgani aniqlandi. Anemiya eng ko‘p 3–4 yoshdagi bolalarda uchraydi, bu esa infeksion kasalliklar ko‘pligi va bolalarning bog‘chaga moslashish jarayonidagi yuklama bilan bog‘liq. Anemiyaning og‘irlashuvi (I darajadan II darajagacha) oqsil va vitamin D darajasining statistik ahamiyatli kamayishi (p < 0,01) bilan kechadi. Klinik belgilar (soch va tirnoq o‘sishining buzilishi, teri o‘zgarishlari, ishtahaning pasayishi)ning keng tarqalganligi anemik sindromning tizimli xususiyatini ko‘rsatadi. Xulosa. Maktabgacha yoshdagi bolalarda anemiya ko‘pincha 3–4 yosh oralig‘ida uchraydi. Anemiyaning og‘irlashuvi bilan oqsil va vitamin D darajasi sezilarli (p < 0,01) kamayadi. Klinik simptomlarning keng tarqalganligi anemiyaning tizimli xarakterini tasdiqlaydi va bolalarda erta skrining hamda yetishmovchilik holatlarini tuzatish zarurligini ko‘rsatadi.
Nashr sanasi
Mualliflar haqida
Adabiyotlar ro'yxati
Атаджанова, Ш., Арзикулов, А., Мелиева, Д., Акбарова, Р., Ну-ритдинова, Г. (2022). Клинико-анамнестические особенности динамики и трансформации железодефицитной анемии у девочек подростков. Международный журнал научной педиатрии, (3), 05-22. https:// doi.org/10.56121/2181-2926-2022-3-05-22/
Агульник А., Киргизов К.И., Янгутова Я.А., Муфтахова Г.М., Коган С.А., Серик Г.И., Робинсон Л., Серик Т.Г., Варфоломеева С.Р., Родригез-Галиндо К., Румянцев А.Г. Ситуационный анализ проблем и перспектив в области детской гематологии-онкологии на территории стран СНГ: опыт совместной рабочей группы. Российский журнал детской гематологии и онкологии (РЖДГиО). 2018;5(3):36- https:// doi.org/10.17650/2311-1267-2018-5-3-36-42
Дворецкий, Л. Ключевые вопросы лечения железодефицитной анемии // Врач. - 2017. - № 2. - С. 68-73. [3. Dvoretsky, L. Key issues in the treatment of iron deficiency anemia // Vrach. - 2017. - No. 2. - S. 68-73.]
Жорова, В. Е. Частота и распространенность железодефицитной анемии // Мед. совет. - 2018. - № 13. - С. 78-81. [5. Zhorova, V. E. Frequency and prevalence of iron deficiency anemia. // Med. advice. -2018. - No. 13. - P. 78-81]
Жуковская Е.В., Павлова Г.П., Румянцев А.Г. Нейрокогнитивные нарушения при сидеропенических состояниях у детей и подростков// Микроэлементы в медицине. -2017, 17(3)-С.-8-13. DOI: 10.19112/2413-6174-2016-17-3-8-13.
Захарова И.Н., Тарасова И.С., Чернов В.М. и др. Факторы риска развития железодефицитных состояний у детей и подростков города Москвы. Педиатрическая фармакология. 2018;1(8):69-75.
Захарова И.Н., Тарасова И.С., Васильева Т.М. и др. Латентный дефицит железа у детей и подростков: диагностика и коррекция. Лечение и профилактика. 2018;12(5):609-613
Заплатников А.Л., Кузнецова О.А., Воробьева А.С. и др. Алгоритм верификации характера анемии на основе корректной трактовки показателей клинического анализа крови. РМЖ. 2017;12:908-912.
Самкина О.Н., Водовозова Э.В., Леденева Л.Н. Эпидемиология железодефицитных анемий у детей раннего возраста, проживающих в спальном районе города Ставрополя . Российский вестник пе-ринатологии и педиатрии, 2017; 62:(4) стр 155-156.
Стуклов, Н. И. Анемия и дефицит железа. Глобальные проблемы и алгоритмы решений // Терапия. - 2018. - № 6. - С. 147— 156.
Armitage AE, Moretti D. The importance of iron status for young children in low- and middle-income countries: a narrative review. Pharmaceuticals (Basel). 2019;12(2). pii: E59.https://doi.org/10.3390/ ph12020059
Aksu T., Ünal Ş. Iron Deficiency Anemia in Infancy, Childhood, and Adolescence. Turk Arch Pediatr. 2023 Jul; 58(4):358–362. (Free PMC article, DOI: 10.5152/TurkArchPediatr.2023.23049).
Gallagher P.G.Anemia in the pediatric patient. Blood. 2022 Aug 11; 140(6):571–593.
Leung A.K.C., Lam J.M., Wong A.H.C., Hon K.L., Li X.
Iron Deficiency Anemia: An Updated Review. Curr Pediatr Rev. 2024; 20(3):339–356.
Liu Y.etal. Global burden of anemia and cause among children under five years 1990–2019: findings from the GBD Study 2019. Frontiers in Nutrition. 2024; (онлайн-статья, DOI: 10.3389/fnut.2024.1474664)
How to Cite

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial-NoDerivatives 4.0 International License.