BOLALARDA ATIPIK PNEVMONIYADA MIKROTSIRKULYATOR O‘ZGARISHLARI VA ULARNING PROGNOSTIK AHAMIYATI
Abstrakt
Dolzarbligi. So‘nggi o‘n yilliklarda Mycoplasma pneumoniae, Chlamydophila pneumoniae, kam hollarda — Legionella pneumophila hamda virus-bakteriya assotsiatsiyalari bilan bog’liq atipik pnevmoniyalar ulushi ortib bormoqda. Tadqiqotning maqsadi — bolalarda atipik pnevmoniyada mikrotsirkulyator buzilishlarning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish va ularning klinik kechish hamda kasallikning prognostik ahamiyatidagi rolini baholashdan iborat. Materiallar va usullar. Tadqiqotga 2022–2024 yillar davomida Аndijon davlat tibbiyot instituti klinikasining pulmonologiya bo‘limida statsionar davolangan atipik pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan 82 nafar bola jalb etildi. Bemorlarning yoshi 3 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lib, o‘rtacha yosh 9,2 ± 3,1 yilni tashkil etdi. Kuzatilganlar orasida o‘g’il bolalar 45 nafar (54,9%), qiz bolalar esa 37 nafar (45,1%)ni tashkil etdi. Tadqiqot natijalari. Klinik ma’lumotlarni tahlil qilish shuni ko‘rsatdiki, atipik pnevmoniya bilan og’rigan bolalarda belgilarning ifodalanish darajasi va kasallikning davomiyligi to‘g’ridan-to‘g’ri uning og’irligiga bog’liq edi. Lyogka kechishi bo‘lgan bemorlarda isitma davomiyligi o‘rtacha 4,2 ± 1,1 kunni tashkil etdi, o‘rta og’irlikda — 7,3 ± 1,8 kun, og’ir kechishda esa 11,6 ± 2,4 kun (p < 0,01, lyogka forma bilan solishtirilganda). Shuningdek, gospitalizatsiya davomiyligi ham kasallik og’irligiga qarab turlicha bo‘lib, engil holatlarda o‘rtacha 8,4 ± 1,7 kundan og’ir holatlarda 18,2 ± 3,5 kungacha uzaygani aniqlandi. Xulosalar. Mikrotsirkulyator o‘zgarishlar darajasi kasallik og’irligiga bog’liq: engil kechishda perfuziyaning o‘rtacha buzilishlari kuzatiladi, o‘rta og’irlikda stazlar va perfuziya ko‘rsatkichlarining pasayishi qayd etiladi, og’ir hollarda esa mikrotsirkulyatsiyaning keskin susayishi, hatto kritik gipoperfuziyagacha etishi kuzatildi.
Nashr sanasi
Mualliflar haqida
Adabiyotlar ro'yxati
Bottari G. et al. Microvascular dysfunction in pediatric patients with SARS-COV-2 pneumonia: report of three severe cases //Microvascular Research. – 2022. – Т. 141. – С. 104312.
Ding L., Jiang Y. Biomarkers associated with the diagnosis and prognosis of Mycoplasma pneumoniae pneumonia in children: a review //Frontiers in Cellular and Infection Microbiology. – 2025. – Т. 15. – С. 1552144.
Global Initiative for Asthma (GINA). Global Strategy for Asthma Management and Prevention. 2023 Update. Available at: https://ginasthma.org
Jain S, Williams DJ, Arnold SR, et al. Community-Acquired Pneumonia Requiring Hospitalization among U.S. Children. N Engl J Med. 2015;372:835–845.
Leng J., Yang Z., Wang W. Diagnosis and prognostic analysis of Mycoplasma pneumoniae pneumonia in children based on high‐resolution computed tomography //Contrast Media & Molecular Imaging. – 2022. – Т. 2022. – №. 1. – С. 1985531.
Leng J., Yang Z., Wang W. Diagnosis and prognostic analysis of Mycoplasma pneumoniae pneumonia in children based on high‐resolution computed tomography //Contrast Media & Molecular Imaging. – 2022. – Т. 2022. – №. 1. – С. 1985531.
Liang S., Liu H. B. Severe mycoplasma pneumoniae pneumonia combined with cold agglutinin disease and pulmonary embolism in childhood: A case report and review of the literature //African Journal of Reproductive Health. – 2024. – Т. 28. – №. 11. – С. 205-215.
Mei Y. et al. Risk factors for myocardial damage and its effects on the prognosis of children with severe pneumonia: a cross-sectional study //HK J Paediatr. – 2024. – Т. 29. – №. 4. – С. 212-224.
Mei Y. et al. Risk factors for myocardial damage and its effects on the prognosis of children with severe pneumonia: a cross-sectional study //HK J Paediatr. – 2024. – Т. 29. – №. 4. – С. 212-224.
Waites KB, Xiao L, Liu Y, Balish MF, Atkinson TP. Mycoplasma pneumoniae from the Respiratory Tract and Beyond. Clin Microbiol Rev. 2017;30(3):747–809.
How to Cite

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial-NoDerivatives 4.0 International License.