PERITONIT BILAN OG‘RIGAN BEMORLARDA POLIORGAN YETISHMOVCHILIGI SINDROMINI RIVOJLANISH EHTIMOLINI BASHORAT QILISH

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Tadqiqotning maqsadi: qon ivish tizimi (gemostaz) ko‘rsatkichlarini tahlil qilish asosida peritonit bilan og‘rigan bolalarda poliorgan yetishmovchilik sindromi (POES) rivojlanishini bashorat qilish imkoniyatini aniqlashdan iborat.


Material va usullar. Tadqiqotda ToshDTU klinikasining jarrohlik bo‘limiga operatsiya vaqtida tasdiqlangan peritonit tashxisi bilan yotqizilgan 6 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan 52 nafar bola ishtirok etdi. Bemorlar uch guruhga bo‘lingan:



  • I guruh (22 nafar bola): chegaralangan peritonit bilan.

  • II guruh (22 bola): tarqalgan peritonit bilan, ammo sepsisning aniq klinik va laboratoriya belgilari yo‘q (tizimli yallig‘lanish reaksiyasining bir yoki ikkita belgisi bor).

  • III guruh (8 nafar bola): tarqalgan peritonit va sepsisning yaqqol klinik va laborator belgilari bilan.


Olingan natijalar. Dastlabki tahlil shuni ko‘rsatdiki, peritonit bilan og‘rigan barcha bemorlarda qon ivishining me’yorga nisbatan oshishi kuzatilgan. Kasallikning kechishini keyingi kuzatish quyidagilarni aniqladi:



  • I guruhdagi bolalar o‘tkazilgan terapiya tufayli peritonit bilan muvaffaqiyatli kurashdilar va ularda POES rivojlanmadi.

  • II guruhda 10% bemorlarda, III guruhda esa 50% bemorlarda POES rivojlangan. POES rivojlangan holatlarda davolash taktikasini o‘zgartirish talab etildi.


Xulosa: Peritonit bilan kasallangan bolalarda qon ivish tizimining ishlashini o‘rganish qorin bo‘shlig‘i infeksiyasiga organizmning uch xil javob reaksiyasini aniqlash imkonini berdi:



  • Xayrli turi: POES yo‘qligi va tizimli yallig‘lanish reaksiyasining ikkitadan ortiq bo‘lmagan belgilari mavjudligi bilan tavsiflanadi.

  • Shubhali turi: 10% hollarda tizimli yallig‘lanish reaksiyasining ikkitadan ortiq bo‘lmagan belgilari mavjud bo‘lganda POES rivojlanishi bilan kechadi.

  • Noxush turi: 50% hollarda POES rivojlanishi va abdominal (peritoneal) sepsisga ishora qiluvchi tizimli yallig‘lanish reaksiyasining ikkitadan ortiq belgilari mavjudligi bilan bog‘liq.

Mualliflar haqida

Adabiyotlar ro'yxati

Александрович Ю.С., Иванов Д.О., Павловская Е.Ю., Пшениснов К.В., Земляной Д.А. Клинико-лабораторные признаки полиорганной дисфункции у новорожденных с внутриамниотической инфекцией: проспективное наблюдательное исследование. Вестник интенсивной терапии имени А.И. Салтанова. 2023;(3):137–148. doi:10.21320/1818-474X-2023-3-137-148.

Алимова Х.П., Мустакимов А.А., Алибекова М.Б. Полиорганная недостаточность у детей: критерии диагностики, патофизиология и прогноз. Вестник экстренной медицины. 2019; 6: 92–97. [Alimova H.P., Mustakimov A.A., Alibekova M.B. Multiple organ failure in pediatric: diagnostic criteria, pathophysiology and prognosis. Bulletin of Emergency Medicine/ Vestnik Ekstrennoy Meditsiny. 2019; 6: 92–97. (in Russ.)].

Вилков И.И., Блинова М.М. Сепсис: полиорганная недостаточность у больного сахарным диабетом. Пульмонология. 2022;32(2):281-284. https://doi.org/10.18093/0869-0189-2022-32-2-281-284

Голомидов А.В, Григорьев Е.В, Мозес В.Г, Мозес К.Б. Патогенез, прогнозирование и исходы синдрома полиорганной недостаточности у новорожденных (обзор). Общая реаниматология. 2022; 18 (6): 37–49. https://doi.org/10.15360/1813-9779-2022-6-37-49 [На русск. и англ.]

Шарипова В.Х., Алибекова М.Б., Рахимова С.Р. (2021). ПОКАЗАТЕЛИ ИММУНОГРАММЫ ПРИ ПОЛИОРГАНОЙ НЕДОСТАТОЧНОСТИ У ДЕТЕЙ. Детская медицина Северо-Запада, 9(1), 405. Получено с https://ojs3.gpmu.org/index.php/childmed/article/view/2909.

Khemani RG, Smith L, Lopez-Fernandez YM, et al. ; Pediatric Acute Respiratory Distress syndrome Incidence and Epidemiology (PARDIE) Investigators: Paediatric acute respiratory distress syndrome incidence and epidemiology (PARDIE): An international, observational study. Lancet Respir Med 2019; 7:115–128 [DOI] [PMC free article] [PubMed] [Google Scholar

Typpo KV, Petersen NJ, Hallman DM, Markovitz BP, Mariscalco MM. Day 1 multiple organ dysfunction syndrome is associated with poor functional outcome and mortality in the pediatric intensive care unit. Pediatr Crit Care Med. (2020) 10:562–70. doi: 10.1097/PCC.0b013e3181a64be1

Scott HF, Colborn KL, Sevick CJ, et al. Development and validation of a predictive model of the risk of pediatric septic shock using data known at the time of hospital arrival. J Pediatr. 2020;217:145-151.e6. doi: 10.1016/j.jpeds.2019.09.079 [DOI] [PMC free article] [PubMed] [Google Scholar

Proulx F, Fayon M, Farrell CA, Lacroix J, Gauthier M. Epidemiology of sepsis and multiple organ dysfunction syndrome in children. Chest. (2022) 109:1033–7. doi: 10.1378/chest.109.4.1033

How to Cite

1.
Mamatkulov I, Xaydarov M, Beknazarov A. PERITONIT BILAN OG‘RIGAN BEMORLARDA POLIORGAN YETISHMOVCHILIGI SINDROMINI RIVOJLANISH EHTIMOLINI BASHORAT QILISH. MSU [Internet]. 2025 Dec. 11 [cited 2025 Dec. 13];(6):53-8. Available from: http://fdoctors.uz/index.php/journal/article/view/213
Ko'rishlar soni: 9