BRONX DEVORI NORMAL GISTOSTRUKTURAVIY KOMPONETLARI

Qabul qilingan: 2025-03-19 22:13:05

Nashr etilgan: 2025-04-16

Annotatsiya

Mavzuning dolbzarbligi: Ushbu mavzusini tanlashdan maqsad nafas olish epiteliysining hujayrali tuzilmalarini o‘rganish zarurati bilan bog‘liq. Nafas olish yo‘llarining shilliq qavati himoya funksiyalarini bajaradigan murakkab hujayralar tizimidan tashkil topgan. Manbalarda traxeya epiteliy qoplamasiining mikroskopik tuzilishi va transport funksiyasining yoshga bog‘liq xususiyatlari bo‘yicha tadqiqotlar mavjud, ammo bronxlarning epitelial qatlami haqida kam ma’lumot mavjud. Tadqiqotning maqsadi – nafas olish tizimi kasalliklari mavjud bo‘lmagan vafot etgan bemorlar bronx devorning morfologik tuzilishini o‘rganish. Material va usullar. 2020-2024-yillarda Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasining patologik anatomiya bo‘limida nafas olish tizimi kasalliklari mavjud bo‘lmagan 26 ta 45 yoshdan 70 yoshgacha vafot etgan shaxslarning bronx devori fragmentlari va o‘pka to‘qimasi bo‘laklarini kompleks gistologik va gistokimyoviy tekshirishlar o‘tkazildi. Tadqiqot natijalari: Katta kalibrli bronx devori shilliq qavatning mushak qatlami 3-5 qator silliq mushak hujayralaridan iborat bo‘lib, ular zaif bazofil yadro tutuvchi eozinofil sitoplazmaga ega. Bronxlarning shilliq osti qavati biriktiruvchi to‘qima tolalari to‘plamlari va gialin tog‘aydan tarkib topgan, o‘zaro nozik biriktiruvchi to‘qima tolalari orqali bir biri tushadigan gialin tog‘ay plastinkalar mavjud bo‘lib ular o‘z navbatida fibroz tog‘ay qavatini hosil qiladi. Xulosa. Nafas olish tizimi kasalliklari mavjud bo‘lmagan vafot etgan katta yoshli bemorlardan namuna tarzida olingan bronx devori va o‘pka to‘qimasi fragmentlarni gistologik va gistokimyoviy tekshirish natijasida olingan ma’lumotlar nazorat sifatida qabul qilish mumkin.

Adabiyotlar ro'yxati

  1. Zavaliy M.A. Comparative histology and physiology of the ciliary apparatus of the respiratory epithelium // Tavricheskiy Mediko-Biologicheskiy Vestnik. - 2014. - Vol. 17. - No. 2 (66). - P.46-53.

  2. Romanova L.K. Airways / L.K. Romanova // Cellular biology of the lungs in norm and pathology; manual for doctors / V.V. Erokhin, L.K. Romanova. - Moscow: Medicine, 2000. - P.95-113.

  3. Tseluyko S.S. Respiratory system / S.S. Tseluyko // Handbook of histology, In 2 volumes. Vol. II / R.K. Danilov, 2nd ed. - St. Petersburg: SpetsLit, 2021. - Ch.4. - P.207-240.

  4. Tseluyko S.S. Identification and localization of stem cells in the respiratory system organs // Bulletin of Physiology and Pathology of Respiration. - 2018. - No. 52. - P.121-128.

  5. Tseluyko S.S., Krasavina N.P., Gorbunov M.M. Stem cells in the tissues of the respiratory organs under cold influences // Morphology issues of the XXI century. - 2020. - Issue. 2. - P.180-185.

  6. Shubnikova E.A. Epithelial tissues / E.A. Shubnikova // Handbook of histology, In 2 volumes. T. I / R.K. Danilov, 2nd ed., - St. Petersburg: SpetsLit, 2011. - Ch.4. - P.124 - 202.

  7. Anatolyevna B. S., Muinovna K. F. Morphofunctional relationships of cells in the bronchial chronic inflammation //The American Journal of Medical Sciences and Pharmaceutical Research. – 2023. – T. 5. – No. 06. – pp. 100-104.

  8. Zhovliyeva M. B., Khamidova F. M. Morphological features of bronchial mucosa remodeling based on a model of bronchiectatic disease. //Medical journal of young scientists. – 2024. – No. 12 (12). – pp. 131-146.

Mualliflar haqida

Djuraev Abdulatif Xalikulovich
Xamidova Farida Muinovna
Ismoilov Jasur Mardonovich

Litsenziya


Deprecated: json_decode(): Passing null to parameter #1 ($json) of type string is deprecated in /var/www/www-root/data/www/journals/fdoctors.uz/public/plugins/generic/citations/CitationsPlugin.php on line 68

Qanday iqtibos keltirish kerak

1.
BRONX DEVORI NORMAL GISTOSTRUKTURAVIY KOMPONETLARI. MSU [Internet]. 2025 Apr. 16 [cited 2026 Mar. 2];(2):112-5. Available from: https://fdoctors.uz/index.php/journal/article/view/132

O'xshash maqolalar

Siz ham ushbu maqola uchun {$ advancedSearchLink} olishingiz mumkin.

Xuddi shu muallif (lar) ning eng ko'p o'qilgan maqolalari


ISSN 2181-3612 (Online)