BOLALARDAGI YUVENIL IDIOPATIK ARTRIT BO‘GIM-VISSERAL SHAKLIDA BUYRAK AMILOIDOZINING XAVF OMILI

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Hozirgi vaqtda  yuvenil idiopatik artrit (YuIA) tibbiy-ijtimoiy muammoga aylandi. Bu bolalar orasida kasallik turlarining sezilarli darajada ko‘payishi, ko‘pincha og‘ir, progressiv kechisi va erta nogironlik rivojlanishi bilan tubdan bog‘liqdir.  Tadqiqot maqsadi-bolalardagi YuIA bo‘gim-visseral shaklida buyrak amiloidozining  xavf omilini aniqlash. Material va usullar. Immundiatezlar (autoimmun + limfatik) (ID) fonida YuIAning bo‘gim-visseral shakli bilan kasallangan 3 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan 30 nafar bolalar tekshirildi. Nazorat guruhi xuddi shu yoshdagi 25 nafar deyarli sog‘lom bolalardan iborat bo‘ldi. Klinik tashxis anamnez, klinik-laboratoriya, immunologik, funktsional tekshiruv natijalari va YuIA tashxis mezonlari asosida qo‘yildi. Natijalar. YuIAning bo‘gim-visseral shakli bo‘lgan IDli bemorlarda davriy ravishda buyrakning zararlanish belgilari kuzatildi: kunlik diurez, siydik nisbiy zichligi, glomerulyar filtratsiya pasaydi, selektiv proteinuriya, eritrotsituriya, leykotsituriya, siydikda kreatinin chiqarilishi ortdi. Immunologik siljishlar qon zardobida CD3, CD8, CD, NFF  ko‘rsatkichining pasayishi, CD19, IgA, IgM, IgG, IgE, AIK ko‘rsatkichining ortishida namoyon bo‘ldi. Xulosalar. 1. Bolalardagi YuIAning bo‘g‘im-visseral shaklida immundiatezlar (autoimmun+limfatik) buyrak amiloidozi uchun xavf omili bo‘lib, autoallergik patologiyalarga xos bo‘lgan, o‘zaro bog‘liq va bir-birini to‘ldiruvchi immunpatologik jarayonlar asosida ikkilamchi immunologik tanqislik bilan namoyon bo‘ladi. 2. Immundiatezli bolalardagi (autoimmun+limfatik) YuIA bo‘g‘im-visseral shaklida buyrak amiloidozining rivojlanish jarayoni yashirin va progressiv kechadi.

Mualliflar haqida

Adabiyotlar ro'yxati

Алимджанов И.И., Ташбаев О.С., Рахманова Л.К, Ревматоидный артрит у детей. Монография. Ташкент. «Фан ва технология». 2011. 214 с.

Рахманова Л.К., Иллек Я.Ю., Ганиева М.Ш. Клиническая кардиоревматология детского возраста. Учебное пособие. Ташкент, 2021, 241с.

Соболева Н.Г. Современные возможности профилактики и лечения острых респираторных инфекций у детей, больных полиартикулярной формой ювенильного ревматоидного артрита. //Педиатрия. -2009.Том.87. –N2. -С.92-96.

Lovell D.J., Giannini E.H., Reiff A., Cawkwell G.D. Etanercept in children with polyarticular juvenile rheumatoid arthritis. Pediatric Rheumato-logy Collaborative Study Group. //N.Engl.J.Med. -2000.-N11. -P.763-769.

Рамеев В.В. Системный амилоидоз на современном этапе: роль поражения почек в прогрессировании заболевания, пути оптимизации диагностики. Дисс.д-ра мед.наук. Москва, 2019. 228с.

Цыбульский В.Б. Показатели инвалидности у детей 0-17 лет в 2002-2003 гг. //Рос. вестн. перинатологии и педиатрии. -2005. -№4. –С.49-52.

Zhang C., Zhang W., Chen H.M., Liu C., Wu J., Shi S., Liu Z.H. Plasma microRNA-186 and proteinuria in focal segmental glomerulosclerosis. Am. J. Kidney Dis. 2015; 65: 223-232.

Гариб Ф.Ю. и др. Способ определения лимфоцитов // Расмий ахборотнома.-1995.-№1.-С.90.

Белокриницский Д.Б. Методы клинической иммунологии. В кн: Лабораторные методы исследования в клинике. Под ред. Меньшикова В.В.-М: Медицина, 1987. –С.277-310.

Lola K. Raxmanova, Umida N. Karimova, Nigora A. Israilova, Kamola Z. Yaxyaeva Peculiarities of immunity in nephrotic syndrome in children with covid-19 against the atopic background. Turkish Journal of Physiotherapy and Rehabilitation. 2021;32(2): 4391-4394.

Каримджанов И.А., Рахманова Л.К. Некоторые аспекты течения и лечения хронической болезни почек у детей. Журнал Детская медицина Северо-Запада.2018;7(1):144-145.

Lola Karimovna Rakhmanova, Nadejda Dmitrievna Savenkova, Iroda Rustamovna Iskandarova. Immune-hematologikal risks of chronic kidney disease in children with lymphatic diathesis. Журнал Natural Science Edition.2020; 16 (10) 297-311.

Щербак В.А, Хамина Н.А., Щербак Н.М. Диатезы и аномалии конституции у детей. Сибирское медицинское образование. 2014; 3: 75-79.

Шабалов Н.П. Диатезы и аномалии конституции как педиатрическая проблема. Педиатрия, 2005; 5: 72-76.

Вельтищев Ю.Е. Становление и развитие иммунной системы у детей. Иммунная недостаточность. Иммунодиатезы: лекция для врачей. Москва, 2000.

Ko'rishlar soni: 18