GIPOXIK-ISHEMIK ENSEFALOPATIYANING OG‘IRLIK DARAJASIGA QARAB YANGI TUG‘ILGAN BOLALARDA KLINIK XUSUSIYATLARI
Abstrakt
Kirish. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda gipoksik-ishemik ensefalopatiya (GIE) markaziy asab tizimining perinatal shikastlanishining eng og‘ir shakllaridan biridir. Bu holat ona qornida, tug‘ruq jarayonida yoki tug‘ilgandan keyingi dastlabki davrda kislorod yetishmovchiligi va miya qon aylanishining buzilishi natijasida rivojlanadi. Kasallik og‘irligining darajasi gipoksiya davomiyligi va chuqurligiga bevosita bog‘liq bo‘lib, bu klinik belgilarning ifodalanishiga, prognozga va davolash natijasiga ta’sir qiladi. GIEning og‘irlik darajasiga qarab kechishini va klinik belgilarini o‘rganish erta tashxis qo‘yish, prognozni baholash hamda samarali davolash strategiyasini tanlashda muhim ahamiyatga ega. Tadqiqot maqsadi: Yangi tugʼilgan bolalarda gipoksik-ishemik entsefalopatiyaning ogʼirlik darajasiga qarab klinik kechish xususiyatlarini oʼrganish. Materiallar va usullar: Tadqiqotga shahar bolalar shifoxonasining №5 yangi tugʼilganlar patologiyasi boʼlimida gipoksik-ishemik entsefalopatiya (GIE) bilan davolanayotgan 110 nafar chaqaloq jalb etildi. 1-gruppaga GIEning 1-bosqichi boʼlgan 39 nafar bola, 2-gruppaga 2-bosqichli 36 nafar, 3-gruppaga esa 3-bosqichli 35 nafar bola kiradi. Diagnozni aniqlash maqsadida yangi tugʼilgan bolalarda klinik tekshiruv, nevrologik holatni baholash va neyrosonografiya oʼtkazildi. Olingan maʼlumotlar Microsoft Excel 2010 va Statistica 6 dasturlari yordamida statistik tahlil qilindi. Natijalar: Tadqiqot natijalari shuni koʼrsatdiki, gipoksik-ishemik entsefalopatiyaning oʼrtacha ogʼir va ayniqsa ogʼir shakllarida klinik belgilarning xilma-xilligi bosh miya tuzilmalaridagi morfologik oʼzgarishlar dinamikasi bilan bogʼliq boʼlishi mumkin. Shuni alohida taʼkidlash kerakki, markaziy nerv tizimining morfofunktsional yetishmasligi, shikastlanish darajasi, xususiyati, chuqurligi va keng tarqalganligidan qatʼiy nazar, klinik belgilarning umumiyligi va oʼxshashligiga sababchi boʼladi, bu esa tashxis qoʼyishni qiyinlashtiradi.
Nashr sanasi
Mualliflar haqida
Adabiyotlar ro'yxati
Барашнев Ю.И. Перинатальная неврология. Москва: 2001.
Гулямова М.А., Ходжиметова Ш.Х., Турсунбаева Ф.Ф., Кобильжанова Ш. Перинатальные поражения центральной нервной системы у недоношенных новорожденных при осложненном течении родов в зависимости от способа родоразрешения. Педиатрия (Узбекистан). 2021;(1):41–6.
Гулямова М.А., Ходжиметов Х.А., Абдурахманова М.А., Турсунбаева Ф.Ф., Кулмирзаева Д.Ш. Клинико-диагностические особенности перинатальных поражений ЦНС у новорожденных детей, родившихся от матерей с невынашиванием. Педиатрия (Узбекистан). 2020;(2):11–7.
Гулямова М.А., Ходжиметова Ш.Х., Турсунбаева Ф.Ф. Клинико-диагностические особенности перинатальных гипоксически-ишемических поражений головного мозга у недоношенных новорожденных детей. Педиатрия (Узбекистан). 2019;(3):44–9.
Девялтовская М.Г. Связи между уровнем развития психоневрологических функций и содержанием антител к нейроспецифическим белкам у детей с последствиями пре- и перинатального поражения головного мозга. Наука о жизни и здоровье. 2015;(1–2):18–23.
Клименко Т.М., Тарасова И.В., Касян С.Н. Перинатальное гипоксическое поражение центральной нервной системы: современный взгляд на проблему. Вопросы практической педиатрии. 2013;8(4):40–5.
Пальчик А.Б., Шабалов Н.П. Гипоксически-ишемическая энцефалопатия новорожденных. Москва: МЕДпресс-информ; 2013.
Ходжиметова Ш.Х., Гулямова М.А., Турсунбаева Ф.Ф., Лутфуллаева С.А. Перинатальные поражения нервной системы новорожденных, родившихся от матерей с гипертензивными расстройствами. Педиатрия (Узбекистан). 2021;(1):34–40.
Ходжиметова Ш.Х., Гулямова М.А., Рахманкулова З.Ж., Кучкарова И. Клинико-диагностические особенности перинатальных поражений ЦНС у новорожденных детей с диабетической фетопатией. Педиатрия (Узбекистан). 2022;(3):130–7.
Ходжиметова Ш.Х., Гулямова М.А., Турсунбаева Ф.Ф., Тухтаева У.Д. Перинатальные поражения нервной системы новорожденных, родившихся от матерей с преэклампсией. Педиатрия (Узбекистан). 2020;(2):18–23.
Ходжамова Н.К., Рахманкулова З.Ж. Особенности клинического течения гипоксически-ишемических поражений ЦНС у новорожденных с задержкой внутриутробного развития. Медицинский журнал Узбекистана. 2017;(1):23–5.
Шабалов НП. Неонатология. Т. 1. Москва: ГЭОТАР-Медиа; 2016.
Mosher A.A, Fiscella K, Wing D.A, Al-Hendy A. Prostaglandin E2 represses interleukin 1 beta-induced inflammatory mediator output from pregnant human myometrial cells through the EP2 and EP4 receptors. Biol Reprod. 2012;87(1):7, 1–10. doi:10.1095/biolreprod.112.100099
Pin T.W, Eldridge B, Galea M.P. A review of developmental outcomes of term infants with post-asphyxia neonatal encephalopathy. Eur J Paediatr Neurol. 2009;13(3):224–34. doi:10.1016/j.ejpn.2008.05.001
How to Cite

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial-NoDerivatives 4.0 International License.