BOLАLАRDА NEFROTIK SINDROM OGʼIRLIGIGА TIREOID GORMONАL DISBАLАNSNING TА’SIRI
Abstrakt
Mavzuning dolzarbligi. Nefrotik sindrom (NS) bolalarda keng tarqalgan nefrologik kasallik boʼlib, klinik kechishi koʼp hollarda immunologik va endokrin disbalanslar bilan bogʼliq. Tireoid gormonlaridagi oʼzgarishlar NS patogenezi, klinik kechishi va davolash samaradorligiga taʼsir koʼrsatishi mumkin. Maqsad. Bolalarda NS klinik koʼrinishlariga tireoid disfunktsiyasining taʼsirini baholash. Tadqiqot materiallari va usullari. 1–18 yoshdagi 80 nafar NS tashxisli bemor va 30 nafar sogʼlom bolalar guruhi tekshirildi. Bemorlar tireoid gormonlari (TTG, T3, T4) darajalariga koʼra normofunktsiya, gipofunktsiya va giperfunktsiya guruhlariga ajratildi. Klinik, laborator va biokimyoviy koʼrsatkichlar, UZI va immunologik tahlillar baholandi. Tadqiqot natijalari. NS faol davrida aksariyat bemorlarda subklinik gipotireoz aniqlandi. Gipofunktsiya guruhida shish uzoq davom etdi, gipoproteinemiya va giperxolesterinemiya kuchli ifoda etildi, proteinuriya davomiyligi ortdi (p<0,05). Retsidivlar va kortikosteroidlarga tobelik koʼproq qayd etildi. Xulosa. Tireoid disfunktsiyasi NS klinik ogʼirligini belgilaydi. Shuning uchun bolalarda tireoid statusini muntazam baholash va endokrinolog ishtirokida davolash taktikasi belgilanishi zarur.
Nashr sanasi
Mualliflar haqida
Adabiyotlar ro'yxati
Lola K. Raxmanova , Umida N. Karimova, Nigora A. Israilova , Kamola Z. Yaxyaeva, Shahnoza A. Latipova. Peculiarities of immunity in nephrotic syndrome in children with covid-19 against the atopic background. Turkish Journal of Physiotherapy and Rehabilitation. 2021;2 (32):4391-4394.
Lombel RM, Hodson EM, Gipson DS. Treatment of steroid-sensitive nephrotic syndrome: new guidelines from KDIGO. Pediatrics. 2013;131(2):557–564.
Elmas AT, Tabel Y. Thyroid hormone levels in children with nephrotic syndrome. Pediatr Nephrol. 2015;30(2):325–332.
Yen PM. Physiological and molecular basis of thyroid hormone action. Physiol Rev. 2001;81(3):1097–1142.
Afroz S, Khan AH, Roy RR. Thyroid function in children with nephrotic syndrome. Mymensingh Med J. 2011;20(3):407–411.
Ksiazek J, et al. Thyroid status in nephrotic syndrome in children. Pediatr Nephrol. 1999;13(5):421–424.
Malik R, et al. Thyroid dysfunction in children with idiopathic nephrotic syndrome. J Clin Diagn Res. 2016;10(11):SC01–SC04.
Gulati S, et al. Steroid response in nephrotic syndrome: impact of thyroid function. Indian J Nephrol. 2012;22(3):174–179.
Sh. Boymuradov, Sh. Yusupov, K. Iminov, D. Ruzibayev, L. Rakhmonova The Physical and Psychological Outcomes of Using PRF as Surgical Method of Reconstruction Inferior Orbital Wall. Journal for Re Attach Therapy and Developmental Diversities. 2023 August; 6 (9s2): 240-243
Ilhamdzhan Asamovich Karimdzhanov, Lola Karimovna Rakhmanova. Some aspects of the course and treatment of chronic kidney disease in children. Pediatric Medicine of the North-West. 2018; 1 (7): 144-145.
Karimdzhanov Ilkhamdzhan, Rakhmanova Lola, Iskanova Gulshan, Israilova Nigora, Yusupova Gulnoza, Karimova Umida. Arterial Hypertension in Children with Chronic Kidney Diseases. American Journal of Pediatrics. 2020; 2(6): 109-116.
How to Cite

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial-NoDerivatives 4.0 International License.