BOLALARDA OVQATLANISH TURIGA BOG‘LIQ HOLDA IMMUNOREAKTIVLIK HOLATI
Abstrakt
Mavzuning dolzarbligi. Bolalarning sog‘lom rivojlanishi va immun tizimining shakllanishida hayotning dastlabki yarmida faqat ona suti bilan oziqlantirish hal qiluvchi ahamiyatga ega. Maqsad: Bolalarda oziqlanish turiga qarab immunologik holatning o‘zgarishini aniqlash va qiyosiy tahlil qilish. Tadqiqot materiali va usullari. Tadqiqotda 123 nafar turli ovqatlanish turiga ega bolalar ishtirok etdi. Ularning qon namunalarida umumiy qon tahlili, CD3, CD4, CD8, CD16, CD23, CD25, CD38 va CD95 markerlari yordamida hujayraviy hamda gumoral immunitet bo‘g‘inlari baholandi. Tadqiqot natijalari.Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, sun’iy oziqlantirilgan bolalarda limfotsitlar, leykotsitlar, CD3+ hujayralar soni oshgan, CD4+ markerlar kamaygan. B-limfotsitlar, CD16+, CD23+ va CD38+ hujayralar darajasi yuqori bo‘lib, apoptoz jarayonlarining faollashuvi qayd etilgan. IgM va IgA o‘rtasida disbalans, SIK miqdorining ortishi, shuningdek allergizatsiya omilining yuqoriligi sun’iy oziqlantirishda aniqlandi. Xulosa. Bolalarning immun javobidagi o‘zgarishlar oziqlanish turiga bog‘liq. Ona suti bilan oziqlantirish immun muvozanatni saqlashda eng muhim omil bo‘lib, sun’iy oziqlantirishda himoya tizimining fiziologik susayishi kuzatiladi.
Nashr sanasi
Mualliflar haqida
Adabiyotlar ro'yxati
Гмошинская M.B. К вопросу о продолжительности грудного вскармливания / М.В. Гмошинская, И.Я. Конь // Вопр. дет. диетологии. 2015. - 3, № 3. - С. 54-56.
Султанова Н. С., Камалов З.С. Частота аллергических заболеваний у детей в зависимости от видов вскармливания и принципов ухода// Российский аллергологический журнал. – Казань, 2016. - №3. – С. 38-39
Dee D.L., Li R., Lee L.C., Grummer-Strawn L.M. Associations between breastfeeding practices and young children's language and motor skill development // Pediatrics. 2017. - V. 119, Suppl 1. - P. 92-98.
Carcillo JA., Podd B, Aneja R, Weiss SL, Hall MW. Pathophysiology of Pediatric Multiple Organ Dysfunction Syndrome. Pediatr Crit Care Med. 2017; 18: S32-S45.
Иммунный статус организма и микроэлементы / Т.К. Ларионова, JI.M. Масяутова, А.Н. Ларионова и др. // Успехи соврем. Естествознания. 2016. - № 2. - С. 41.
Tamburro R.F., Jenkins Tammara L. Multiple Organ Dysfunction Syndrome: A Challenge for the Pediatric Critical Care Community. Pediatr Crit Care Med. 2017; 18: 1-3.
Eriksson J.G., Virtanen S.M., UUsiato L. Breastfeeding and circulating immunological markers during the first 3 years of life. Pediatric Research 2021. 90(5):1042-1050.
Sultanova N. S. Features of the psycho-neurological status of children after cerebral ischemia depending on the type of feeding and care principles. Pediatriya. 2016;2:33-35.
How to Cite

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial-NoDerivatives 4.0 International License.